Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasini birinchilardan bo‘lib oladigan mamlakatni aytdi
Avvalroq Belarus fuqarolari Rossiyada ishlab chiqarilgan koronavirusga qarshi vaksina sinovining uchinchi bosqichida ixtiyoriy tartibda ishtirok etishlari ma'lum qilingandi. Vaksina xalqaro sinovlarining yakuniy uchinchi bosqichida 40 ming odamda sinovdan o‘tkaziladi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan ushbu mamlakatni Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasi qo‘shimcha sinovlarining yakuniy bosqichi ishtirokchilari ro‘yxatiga kiritishga kelishib olganini ma'lum qildi.
«Aleksandr Grigorevich bilan Belarus vaksinamizning qo‘shimcha sinovlari yakuniy bosqichiga qo‘shilishiga kelishib oldik. Keyin esa respublika ushbu preparatni oladigan dastlabki mamlakatlardan biri bo‘ladi», — dedi Putin.
Avvalroq Belarus fuqarolari Rossiyada ishlab chiqarilgan koronavirusga qarshi vaksina sinovining uchinchi bosqichida ixtiyoriy tartibda ishtirok etishlari xabar qilingandi.
Koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasi N.Gamaleya nomidagi markaz tomonidan ishlab chiqilgan.
Vaksina xalqaro sinovlarining yakuniy 3-bosqichida 40 ming odamda sinovdan o‘tkaziladi.
Sinovlar Rossiyadan tashqari, Saudiya Arabistoni, BAA, Filippinda o‘tkaziladi. Shuningdek, Braziliya va Hindistonning ishtirok etishi imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025