Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qora dengizda topilgan kon Turkiyaga Yevropaga gaz eksport qilish imkonini berishi mumkin
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘lu turkiyalik tadqiqotchilar tomonidan Qora dengizda topilgan tabiiy gaz koni Turkiyaga Yevropaga gaz yetkazish imkonini berishini aytdi.
“Turkiya Qora dengizdagi kondan olinadigan gazni ham o‘zi ishlatadi, ham Yevropaga yetkazadi”, deb aytgan Chovusho‘g‘lu.
21 avgust kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Turkiya Qora dengizda yirik zaxiralarga ega gaz konini topganini e'lon qilgan. Anqara 2023 yilga kelib ushbu kondan olinadigan gazni ichki bozorga yetkazishni mo‘ljallamoqda. Ta'kidlanishicha, kon zaxiralari hajmi 320 mlrd kubmetrni tashkil qiladi. Erdo‘g‘anning aytishicha, yaqin orada mutasaddilar kondan gazni olishning texnik masalalarini hal qilib, uni burg‘ilashni boshlashadi.
Turkiya energetika va tabiiy zaxiralar vaziri Fotih Do‘nmez topilgan kon zaxiralari qiymati 65 mlrd dollarga yetishi mumkinligini aytgan. Bu orada yana bir turkiyalik mutaxassis, Xalqaro energetika agentligi rahbari Fotih Birol kondagi gaz zaxiralarini 80 mlrd dollarga baholagan.
Mavzuga oid
09:36 / 27.05.2025
Shimoliy Yevropa davlatlari Rossiya tomonidan xavfni ko‘rmoqda
11:02 / 23.05.2025
4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi
12:24 / 22.05.2025
Lavrov Yevropani AQShga sanksiyalarni kuchaytirish uchun bosim o‘tkazishda aybladi
14:23 / 17.05.2025