Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa ittifoqi davlatlari AQShning Eronga qarshi sanksiyalar kiritish rejasini qo‘llab-quvvatlamadi
BMT Xavfsizlik kengashiga kiruvchi aksariyat davlatlar AQShning Eronga qarshi sanksiyalarni tiklash bo‘yicha rejalarini rad etdi. Ta'kidlanishicha, AQShning ushbu tashabbusini Rossiya, Xitoy, JARdan tashqari, Germaniya, Fransiya va Britaniya ham ochiqcha qo‘llab-quvvatlamagan.
“Bugungi munozara Xavfsizlik kengashining aksariyat a'zolari qanday pozitsiyani qo‘llab-quvvatlashini yaqqol ko‘rsatdi. Ularning barchasi Eron yadro dasturi bo‘yicha harakatlar rejasi saqlanib qolishi zarurligini tasdiqlashdi. Rejaning saqlanib qolishi avvalambor xalqaro hamjamiyat, jumladan AQShning o‘zi uchun muhim”, deb izoh bergan vaziyatga Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya.
U AQSh oxir-oqibat buni tushunib yetishiga umid bildirgan. “Ular [AQSh ma'muriyati] shunda nafaqat noqonuniy bo‘lgan, balki AQSh kutgan natijaga olib kelmaydigan yo‘ldan bormaydilar”, deb xulosa qilgan Rossiya vakili.
Nebenzyaning ta'kidlashicha, AQSh o‘zini Eronga qarshi sanksiyalarni tiklash jarayonini boshlash huquqiga ega bo‘lgan davlat, deb hisoblaydi.
O‘z navbatida, Fransiya va Germaniya vakillari ham AQShning Eronga qarshi amalga oshirayotgan harakatlari noqonuniy ekanini aytishgan.
O‘tgan hafta AQShning Eron bo‘yicha maxsus vakili Brayan Xuk BMTning Eronga qarshi sanksiyalari tiklanishi Eronga katta bosim ko‘rsatishi va uni muzokaralar stoliga qaytarishga majbur qilishini aytgan.
Iyul oxirida AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Eronning yadro, raketa va harbiy dasturlariga qarshi sanksiyalar kengaytirilishini e'lon qilgan. Vashington yirik davlatlarni Eronga qurol yetkazilishiga taqiqni uzaytirishga chaqirgan. Biroq bu holatda ham BMT Xavfsizlik kengashi AQShning ushbu rejasini qo‘llab-quvvatlamagandi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025