Fan-texnika | 22:41 / 26.08.2020
9268
2 daqiqa o‘qiladi

YouTube rekord sondagi videoroliklarni o‘chirganini ma'lum qildi 

2020 yilning 2-choragida YouTube videoxostingi 11,4 mlnta videorolikni o‘chirib tashlagan. Bu kompaniya uchun rekord ko‘rsatkichni tashkil qiladi. 2019 yilning aprel-iyun oylarida YouTube’dan 9 mlndan kamroq rolik o‘chirilgan.   

Foto: TechCrunch

O‘chirilgan videolarning bunday ko‘pligi YouTube qoidalarini buzuvchi roliklarni avtomatik ravishda topib, uni o‘chiradigan algoritmlarning faolroq qo‘llanishi bilan bog‘langan. Videoxosting koronavirus pandemiyasi ortida xodimlarini masofadan ishlashga o‘tkazgani sababli ushbu algoritmlarga ko‘proq ishonch bildira boshlagan. 

YouTube’ga egalik qiluvchi Google kompaniyasi may oyida koronavirus haqidagi roliklarni joylashtirish qoidalari va taqiqlangan mavzular ro‘yxatini e'lon qilgan. Endilikda YouTube’da koronavirus haqida salomatlikka jiddiy zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan kontentni, JSST va mahalliy sog‘liqni saqlash tizimi rasmiy manbalari ma'lumotlariga zid bo‘lgan yolg‘on ma'lumotlarni e'lon qilish taqiqlangan.

Gap koronavirusni davolash, oldini olish, tashxislash va virusning yuqishi haqidagi kontent haqida bormoqda. Misol uchun, koronavirusni davolash haqidagi yolg‘on ma'lumotlar sirasiga foydalanuvchilarni tibbiy yordam so‘rashdan qaytaruvchi va koronavirusni uy sharoitlarida davolashga chaqiruvchi materiallar kiradi. Shuningdek, koronavirusning yuqishi yo‘llari haqidagi yolg‘on ma'lumotlarga koronavirus virusli va yuqumli infeksiya emasligi, muayyan iqlim va geografik sharoitlarda tarqalmasligi haqidagi ma'lumotlar kiradi. 

Mavzuga oid