O‘zbekiston | 21:40 / 27.08.2020
28788
15 daqiqa o‘qiladi

Koronavirusga qarshi kurashdagi fidoyiligi uchun qariyb yuz nafar tibbiyot xodimi taqdirlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda fidoyilik ko‘rsatgan tibbiyot sohasi xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida» farmon imzoladi.

Farmon bilan, O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, xususan, koronavirus pandemiyasi keng tarqalishining oldini olish, sanitar-epidemiologik osoyishtalikni ta'minlash ishiga o‘zining bilim va salohiyati, professional mahorati bilan munosib hissa qo‘shgani, aholi salomatligini muhofaza qilish, bemorlar hayotini asrash, ularga mehr va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish borasidagi alohida xizmatlari, o‘z hayoti va sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yib, muqaddas shifokorlik burchini vijdonan ado etishdagi jasorati va fidoyiligi uchun 99 kishi faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlandi.

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi» faxriy unvoni bilan

  1. Abdullayev Murod Bobojonovich – Olot tumani tibbiyot birlashmasining bolalar yuqumli kasalliklari reanimatsiya bo‘limi anesteziolog-reanimatologi, Buxoro viloyati
  2. Isoqulov To‘lqin O‘rolovich – O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Harbiy-tibbiy boshqarmasi boshlig‘i
  3. Kariyev G‘ayrat Maratovich – Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori
  4. Navro‘zov Mahmadali – Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filialining bolalar xirurgiyasi bo‘limi boshlig‘i, Qashqadaryo viloyati
  5. Rahimqulov Xudoyqul Hakimovich – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy klinik gospitali boshlig‘i
  6. Sotvoldiyeva Mahbuba Nasirdinovna – Farg‘ona tumanidagi «Shohimardonobod» qishloq vrachlik punki mudiri, Farg‘ona viloyati
  7. Inoyatova Flora Ilyasovna – Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi loyiha rahbari
  8. Ergashova Muxtasarxon Yo‘ldoshevna – Baliqchi tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i, Andijon viloyati
  9. Sagirov Anvar Midxatovich – Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazining Xorazm filiali direktori

«El-yurt hurmati» ordeni bilan

  1. Hojiboyev Abduhakim – O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

  1. Jumayev Baxtiyor Shernovich  – Angor tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi infeksionisti, Surxondaryo viloyati

I darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan

  1. Beknazarov Jumanazar Beknazarovich – Toshkent pediatriya tibbiyot institutining urologiya bo‘limi professori
  2. Rahmatullayev Mahmud – Karmana tumanidagi 1-qishloq vrachlik punkti mudiri, Navoiy viloyati
  3. To‘rayev Namoz Abdusamatovich – Surxondaryo viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bosh shifokori o‘rinbosari

II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan

  1. Boboyeva Zamira Qayumovna – Navoiy viloyati bolalar yuqumli kasalliklari shifoxonasi bosh hamshirasi 
  2. Karimova Rahbar Nurmatovna – Jizzax viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi pediatr shifokori 
  3. Mahmudova Mahbuba Omonovna  – Shayxontohur tumanidagi 40-oilaviy poliklinikasining bolalar nevropatologi, Toshkent shahri 
  4. Salomov Ulug‘bek Inoyatovich  – Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi reanimatsiya bo‘limi mudiri 
  5. Xolboyeva Tursun Omondullayevna – Sirdaryo viloyati Bolalar uyi bosh shifokori

«Do‘stlik» ordeni bilan

  1. Agranovskiy Mark Leyzerovich  – Andijon davlat tibbiyot instituti psixiatriya va narkologiya kafedrasi mudiri 
  2. Ahmediyev Mahmud Mansurovich  – Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bolalar bo‘limi mudiri 
  3. Karimjonova Vazira Xolmatovna  – Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinik biokimyo diagnostika laboratoriyasi mudiri 

I darajali «Salomatlik» ordeni bilan

  1. Abdujabbarov Xolmo‘min  – G‘allaorol tumani tibbiyot birlashmasi yuqumli kasalliklar bo‘limi infeksionisti, Jizzax viloyati 
  2. Abdurazzoqov Alijon G‘aniyevich – Uchko‘prik tumanidagi «Mehrigiyo» xususiy korxonasi agronomi, Farg‘ona viloyati
  3. Abdurayimov Bahodir Tursunovich – «Chortoq resort» MChJ ta'sischisi, Namangan viloyati
  4. Abdurahmonov Komil Hamroqulovich  – Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasi bo‘lim mudiri 
  5. Borisova Yelena Mixaylovna – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasi raisi
  6. Jiyanbayev Otabek Eshdavlatovich – Chilonzor tumanidagi «Magnum Medikal Servis» MChJ bosh direktori, Toshkent shahri
  7. Mamarahimov Habibulla Muxtorovich  – Izboskan tumanidagi «Doktor Habibullo shifo nur» xususiy shifoxonasi bosh shifokori, Andijon viloyati
  8. Muhiddinova Minnigul Asqarovna – Jizzax viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bosh shifokorining birinchi o‘rinbosari
  9. Nazirov Feruz G‘afurovich  – »Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi» DUK direktori
  10. Obidov Qobuljon Orifovich – Marhamat tumanidagi «Orifjon shifo maskani» MChJ rahbari, Andijon viloyati
  11. Ro‘zimuhamedov Nurulla Sunnatullayevich – Olmazor tumanidagi «New Life Medical» xorijiy korxonasi ta'sischisi, Toshkent shahri
  12. Sirojiddinov Komiljon Bobojonovich – Qo‘qon shahar tibbiyot birlashmasi boshlig‘i, Farg‘ona viloyati
  13. Ubaydullayev O‘rozboq – Jizzax viloyatidagi «Istiqlol» bolalar oromgohi direktori 
  14. Usmonov Hoshim Hamidovich – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Markaziy gospitali boshlig‘i

II darajali «Salomatlik» ordeni bilan

  1. Abdullayev Omondulla Ubaydovich  – Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi anesteziolog-reanimatologi 
  2. Abdullayeva Shohista Ergashevna – Namangan viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi epidemiologik monitoring va profilaktik tadbirlarni tashkil etish bo‘limi mudiri 
  3. Abduxalilova Gulnora Qudratullayevna – Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti loyiha rahbari 
  4. Akbarova Farida Shorahimovna – O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tasarrufidagi «Bo‘ston sanatoriysi» MChJ direktori, Toshkent viloyati
  5. Allanazarov Sayfulla Suyarqulovich  – Sirdaryo viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi infeksionisti 
  6. Bo‘tayeva Dilbarxon Ahmadovna  – Mingbuloq tumani tibbiyot birlashmasi tez tibbiy yordam bo‘limi shifokori, Namangan viloyati 
  7. Dolimova Dilbar Akbarovna – O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazining biotexnologiya laboratoriyasi mudiri
  8. Dushamova Mehribon Shavratovna  – Xorazm viloyati endokrinologiya dispanseri bosh shifokori 
  9. Jalilov Adham Qahramonovich  – Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filiali kardioxirurgiya bo‘limi mudiri, Qashqadaryo viloyati 
  10. Ismoilova Gulnora Ahmedovna – Samarqand shahridagi «Dardgir-shifo» MChJ direktori, Samarqand viloyati
  11. Ismoilova Adolat Abdurahimovna  – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Immunologiya va inson genomikasi instituti laboratoriya mudiri
  12. Qobilova Shahodat Bobomurodovna  – Toshkent shahar OITSga qarshi kurashish markazi bosh shifokorining davolash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari 
  13. Qalandarova Lola Nurullayevna  – Toshkent shahar ftiziatriya va pulmonologiya markazi direktori 
  14. Karimova Nargiz Quddusovna – Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tibbiyot bo‘limi bosh shifokori
  15. Madaminov Ma'rifjon  – Respublika o‘lat profilaktikasi markazi vabo epidemiologiyasi va bakteriologiyasi laboratoriyasi mudiri 
  16. Mamadiyorov Abdibullo Meyliyevich – Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi bosh shifokorining o‘rinbosari 
  17. Meyliyev Qahramon Ergashovich  – Mirishkor tumani tibbiyot birlashmasi Jyeynov shifoxonasi bosh shifokori, Qashqadaryo viloyati 
  18. Mironets Olga Artemovna  – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi virusologiya laboratoriyasi mudiri 
  19. Nurullayev Qurbonnazar Aminovich – Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi jazoni ijro etish koloniyasi davolash-profilaktika yordam ko‘rsatish xizmati bosh shifokori
  20. Oltiyev Usmon Bebitovich  – Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi anesteziologiya va reanimatsiya bo‘limi mudiri 
  21. Pirnazarov Ma'ruf Mahmudjonovich – Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi bo‘lim boshlig‘i 
  22. Sultonova Muhabbat Muydinovna  – Andijon viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi shifokori 
  23. To‘rayev Ahmad Musurovich  – Dehqonobod tumani tibbiyot birlashmasi yuqumli kasalliklar bo‘limi mudiri, Qashqadaryo viloyati 
  24. Ubaydullayev Vahobiddin Hoshimovich  – Farg‘ona viloyati perinatal markazi reanimatsiya bo‘limi mudiri 
  25. Umarov Shuhrat Jumadullayevich  – Respublika o‘lat, karantin va o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar muhofazasi markazi laboratoriya mudiri 
  26. Xo‘jayev Bozor Ozodovich  – Shahrisabz tumani yuqumli kasalliklar shifoxonasi reanimatolog shifokori, Qashqadaryo viloyati 
  27. Hojimuhamedova Ra'no Abdullayevna – Olmazor tumanidagi «G‘uncha Med servis» MChJ rahbari, Toshkent shahri
  28. Xudoyberganov Ramatillo Karimovich  – Xonqa tumani tibbiyot birlashmasi yuqumli kasalliklar bo‘limi mudiri, Xorazm viloyati 
  29. Sharipov Ravshan Ollayorovich  – Toshkent tibbiyot akademiyasining anesteziologiya va reanimatologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi 
  30. Yuldoshev Abduvohid Abdurashidovich  – Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Andijon filiali tez tibbiy yordam bo‘limi shifokori 
  31. Yuldoshev Safarboy Rajabovich  – Tuproqqal'a tumani tibbiyot birlashmasi tez tibbiy yordam bo‘limi shifokori, Xorazm viloyati 

«Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan

  1. Rizayev Kamol Saidakbarovich  – Toshkent davlat farmatsevtika instituti rektori

«Sog‘lom turmush» medali bilan

  1. Abdurahmonov Abubakir Ahmedovich – O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari bosh sanitariya shifokori
  2. Arabova Salima Bozorovna  – Qiziriq tumani tibbiyot birlashmasi diagnostika bo‘limi ultratovush tekshiruvi shifokori, Surxondaryo viloyati 
  3. Bayburina Go‘zal Salavatovna – Markaziy harbiy klinik gospitali anesteziologiya va reanimatsiya bo‘linmasi feldsher-katta tibbiyot hamshirasi
  4. Bayzaxova Raya Kosshigulovna  – Tomdi tumanidagi «Keregetau» qishloq vrachlik punkti katta hamshirasi, Navoiy viloyati 
  5. Dilov Elbek Shukrulloyevich  – Buxoro viloyati narkologiya dispanseri reabilitatsiya bo‘limi narkolog-shifokori 
  6. Ibodullayeva Nargiz Sapiyevna  – Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi 
  7. Ismatova Ra'no Ahadovna  – Buxoro davlat tibbiyot instituti akademik litseyi direktori 
  8. Karimberdiyev Bahriddin Ismatillayevich – Toshkent tibbiyot akademiyasi 2-klinikasi bosh shifokorining jarrohlik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari 
  9. Mamadaliyev Jo‘raqul – Janubi-G‘arbiy maxsus harbiy okrugi Qarshi harbiy gospitali jarrohlik bo‘linmasi vrachi
  10. Pirova Feruza Boltayevna  – Buxoro viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi virusologiya laboratoriyasi mudiri 
  11. Rahmonova Go‘zalxon Sadbarovna  – Namangan shahri Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi sanitariya-bakteriologiya bo‘limi laboranti, Namangan viloyati 
  12. Tojiboyev Farhodjon Mahmudovich  – Paxtaobod tumani tibbiyot birlashmasi yuqumli kasalliklar bo‘limi mudiri, Andijon viloyati 
  13. Esamuratov Ravshanbek Ibragimovich  – Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi anesteziologiya-reanimatsiya bo‘limi shifokori 
  14. Eshonqulova Hilola Abdusalomovna  – Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi sun'iy buyrak bo‘limi katta tibbiy hamshirasi 
  15. Yarmuhamedova Nargiza Anvarovna  – Samarqand davlat tibbiyot instituti yuqumli kasalliklar, epidemiologiya va teri-tanosil kasalliklari kafedrasi mudiri 

«Kelajak bunyodkori» medali bilan

  1. Saidazimov Firuz Shoazimovich – O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligining boshlang‘ich tashkilot yetakchisi (volontyor)
  2. Safarova Kamola Hamroyevna – Toshkent davlat stomatologiya instituti talabasi (volontyor)

«Jasorat» medali bilan

  1. Ne'matov Odiljon Nizomiddinovich (marhum)  – Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining o‘pka sili jarrohligi bo‘limi mudiri 
  2. Rustamov Farrux Farhodovich (marhum)  – Toshkent viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi reanimatsiya bo‘limi anesteziolog-reanimatologi
  3. Sharipova Venera Vasilevna (marhum)  – Yakkasaroy tumani tibbiyot birlashmasi markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasi bosh hamshirasi, Toshkent shahri 
  4. Shukrullayev Bahrom Karomovich (marhum)  – Olmazor tumanidagi 18-oilaviy poliklinika shifokori, Toshkent shahri 

«Shuhrat» medali bilan

  1. Barotova Kamola Uzoqovna  – Romitan tumani tibbiyot birlashmasi tez tibbiy yordam bo‘limi shifokori, Buxoro viloyati 
  2. Dehqonova Shahnoza Zoirovna – Jizzax viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi virusologiya laboratoriyasi laboranti 
  3. Isroilov Jahongirxon Jamshidxonovich  – Toshkent tibbiyot akademiyasi xalqaro fakulteti dekani
  4. Mardonova Sohiba Mamarahimovna  – Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasi hamshirasi 
  5. Sagdullayev Abdullo Narzullayevich – Toshkent tibbiyot akademiyasi 1-klinikasi epidemiolog shifokori 
  6. Suvonqulov O‘ktamjon Toirovich  – O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Tibbiy parazitologiya ilmiy-tekshirish instituti direktori
  7. Xayriddinova Nasibaxon No‘'monovna  – Andijon viloyati «Saxovat» keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar internat uyi hamshirasi 
  8. Xolmurodov O‘rozmurod Qarshiyevich – O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari epidemiologiya bo‘linmasi boshlig‘i
  9. Xudoyqulova Gulnora Karimovna – Toshkent tibbiyot akademiyasining bolalar yuqumli kasalliklari kafedrasi dotsenti 
  10. Sharipov Azamat Bahodirovich  – Qashqadaryo viloyati ftiziatriya va pulmonologiya markazi bo‘lim mudiri

Mavzuga oid