Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanada yalpi ichki mahsuloti rekord darajada qisqardi
2020 yilning 2-choragida Kanada iqtisodiyoti pandemiya sababli 1-chorakka nisbatan rekord darajaga – 11,5 foizga kamaydi va retsessiyaga kirdi.
Kanada statistika boshqarmasining ma'lum qilishicha, Kanada yalpi ichki mashuloti aprel-iyunda yillik hisobda 38,7 foizga qisqargan va bu ham antirekord hisoblanadi.
Biroq tahlilchilar Kanada iqtisodiyoti chorak bo‘yicha 12 foizga qisqarishini prognoz qilishgan. 1-chorakda Kanada yalpi ichki mahsuloti 2,1 foizga kamaygan.
Aholining 2-chorakdagi xarajatlari ish o‘rinlari yo‘qotilgani va do‘konlar yopilishi hamda turizmdagi cheklovlar tufayli xarajatlar qilishda cheklangan imkoniyatlar sabab rekord ko‘rsatkichga – 13,1 foizga qisqargan.
Pandemiya sababli kiritilgan cheklovlar Kanada eksportining 2-chorakda 18,4 foizga, importining esa 22,6 foizga qisqarishiga olib kelgan.
Mavzuga oid
12:35 / 28.05.2025
Tramp: Kanada "Oltin gumbaz" himoyasini 61 mlrd dollarga oladi
18:03 / 27.05.2025
Kanada parlamentining yangi spikeri lavozim kursisiga majburan o‘tqazildi
20:02 / 24.05.2025
G7 sammiti va Trampning bojlari: muzokaralarda aniq natijalar ko‘rinmadi
00:45 / 22.05.2025