Jahon | 20:39 / 28.08.2020
24127
1 daqiqa o‘qiladi

Litva Lukashenkoning tahdidlariga javob qaytardi

Belarus prezidenti hukumatga barcha savdo oqimlarini Litva portlaridan boshqa portlarga ko‘chirish bo‘yicha taklif kiritish topshirig‘ini berganini aytgandi.

Foto: AP

Belarusning Litva portlaridan foydalanishdan voz kechishi Minskka zarar yetkazadi. Bu haqda Litva bosh vaziri Saulyus Skvernyalis feysbukdagi sahifasida yozdi.

"Agar Lukashenko aytgan qaror qabul qilinadigan bo‘lsa, birinchi navbatda Belarus zarar ko‘radi", — deb yozdi Skvernyalis.

Avvalroq Aleksandr Lukashenko hukumatga Polsha va Litva portlari o‘rniga boshqa portlardan foydalanish bo‘yicha taklif tayyorlashga ko‘rsatma berganini aytgandi. Belarus prezidentining fikricha, Litva budjetining 30 foizini Belarus yuk tashuvlaridan keladigan daromad tashkil qiladi.

Yevroittifoq mamlakatlari, jumladan Boltiq mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari payshanba kuni Lukashenko rejimiga nisbatan keskinroq sanksiyalar joriy etishga chaqirgandi.

Mavzuga oid