Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vetnamlik 39 nafar migrantning o‘limiga sababchi bo‘lgan britaniyalik aybiga iqror bo‘ldi
Esseks grafligi politsiyasi 2019 yil 23 oktyabrda Britaniyaga Belgiyadan kelgan yuk mashinasida 39 jasadni topgandi.
O‘tgan yil oktyabrda Angliyaning Esseks grafligida tirkamasidan vetnamlik 39 nafar migrantning jasadi topilgan yuk mashinasi haydovchisi Ronan Xyuz o‘zini qasddan qilinmagan qotillikda aybdor deb topdi. PA agentligining xabar berishicha, u bu haqda juma kuni bo‘lib o‘tgan sud tinglovida aytgan.
Shimoliy Irlandiyaning Arma shahridan bo‘lgan 40 yoshli Xyuz shuningdek, 2018 yil maydan 2019 yil oktyabrgacha noqonuniy migratsiyani amalga oshirish bilan shug‘ullanib kelganiga iqror bo‘ldi.
Sudda shuningdek, tirkamani Belgiyaning Zebryugge portiga olib kelgan britaniyalik Eymonn Xarrison ham qatnashdi. U o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarni tan olmadi.
Mazkur ish bo‘yicha yana besh nafar ayblanuvchi ishtirok etmoqda. Navbatdagi tinglovlar sentyabrda bo‘lib o‘tishi mo‘ljallangan.
Eslatib o‘tamiz, Esseks grafligi politsiyasi 2019 yil 23 oktyabrda Britaniyaga Belgiyadan kelgan yuk mashinasida 39 jasadni topgandi. Halok bo‘lganlar dastlab xitoyliklar deb taxmin qilingan, biroq keyinroq ular vetnamlik bo‘lgani aniqlangan.
Patologoanatomik ekspertizaning aniqlashicha, yuk mashinasi tirkamasida bo‘lganlar havo yetishmasligi va sovuq urishidan halok bo‘lgan. Jasadlar topilgan refrijyerator-fura ichidagi harorat minus 25 daraja bo‘lgan.
Mavzuga oid
18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi
09:22 / 23.05.2025
Britaniyalik 500 dan ortiq o‘qituvchi O‘zbekistondagi maktablarga jalb qilinadi
10:39 / 20.05.2025
Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilga «aniq choralar» bilan tahdid qildi
13:15 / 13.05.2025