O‘zbekiston | 15:57 / 29.08.2020
12925
8 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus pandemiyasi davrida maktablar faoliyatini tashkillashtirish bo‘yicha vaqtinchalik sanitariya talablari tasdiqlandi

O‘zbekistonda COVID-19 pandemiyasi davrida umumiy o‘rta ta'lim maktablari va o‘rta maxsus maktab internatlarining faoliyatini tashkillashtirish bo‘yicha vaqtinchalik sanitariya-epidemiologik talablar tasdiqlandi.

Foto: Reuters

Qayd etilishicha, sanitariya me'yorlari va qoidalari COVID-19 pandemiyasi davrida o‘rta ta'lim maktablari va maxsus maktab internatlarning xavfsiz ish muhitini ta'minlashga qaratilgan ish faoliyatiga tatbiq etiladi.

Ushbu sanitariya qoidalari mulkchilik shaklidan qat'iy nazar, barcha umumta'lim maktablari va maxsus maktab-internatlarni ham qamrab oladi. 

Ushbu sanitariya qoidalari maxsus ish rejimiga nisbatan quyidagi sanitariya-epidemiologiya talablarini belgilaydi: 

- shaxsiy gigiyena, suv ta'minoti va sanitariya; 

- umumta'lim maktabining sanitariya holati va ularga xizmat ko‘rsatish.

Maktab faoliyati COVID-19 tarqalishining oldini olish choralariga e'tibor qaratilgan holda tashkillashtirilishi zarur: 

- maktabga tashqaridan infeksiyaning kirishiga yo‘l qo‘ymaslik; 

- o‘qituvchilar, o‘quvchilar va boshqa maktab xodimlari orasida COVID-19 tarqalishining oldini olish choralarini ko‘rish. 

Maktab ochilishidan avval sanitariya-epidemiologiya xizmati organlarining hududiy bo‘linmalari xodimlari barcha maktab xodimlarini sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi qoida va talablar bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazadilar. Bundan tashqari, texnik xodimlar profilaktik dezinfeksiya tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tadilar. Karantin davrida o‘tkazilgan instruktajlar maxsus jurnalda qayd etib boriladi.
 
Mashg‘ulotlarni soat 8:00dan so‘ng boshlash va 17.30dan kechiktirmasdan tugatish tavsiya etiladi. Mashg‘ulotlar uch smenada tashkillashtirilishi mumkin. 

Pandemiya davrida ommaviy tadbirlar (yig‘ilishlar, konsertlar, tug‘ilgan kunlar va shu kabilar) o‘tkazish vaqtincha to‘xtatiladi. 

Boshlang‘ich, o‘rta va bitiruvchi sinflar o‘quvchilari uchun kirish joylarini ajratish tavsiya etiladi.

Maktabda bloklarga bo‘lingan hollarda, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan blokdan yuqori sinf o‘quvchilari uchun belgilangan bloklarga kirish/chiqish yo‘laklarini to‘sib qo‘yish. 

Barcha o‘quvchilar bitta binoda ta'lim oladigan kam sonli o‘quvchilari bo‘lgan maktablarda, binoning 1 va 2-qavatlari boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun, 3- va 4-qavatlar yuqori sinf o‘quvchilari uchun ajratiladi. 

Barcha bolalar va ularning qonuniy vakillari niqoblarda kelishlari shart. Kirish joyida o‘quvchilar va ularning qonuniy vakillarining to‘planib qolishining oldini olish maqsadida, darslar jadvaliga muvofiqlashtirilgan maktabga kelish jadvali tuziladi. 

Maktabga kirish eshiklari oldidagi maydon ikki metr masofani saqlab turish uchun vizual tarzda belgilanadi. 

Maktab hududida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining qonuniy vakillari kirishlari ta'qiqlanib, o‘quvchilar sinf rahbarlari tomonidan kutib olinadi. 

Kirish yo‘lakchasiga, o‘quvchilar/maktab xodimlari o‘tishlari uchun o‘lchamlari kamida 50x30 sm bo‘lgan poyabzal uchun yumshoq materialdan tayyorlangan dezinfeksiyalash gilamchalari bo‘lishi va u tarkibida xlorli eritma bo‘lgan preparat (kalsiy gipoxloritining 3 foiz eritmasi yoki tasdiqlangan ko‘rsatmalarga muvofiq boshqa vosita) bilan to‘yintirilgan bo‘lishi talab etiladi, qurishiga ko‘ra, gilamcha kuniga kamida 2 marta dezinfeksiyalovchi eritma bilan qayta to‘yintiriladi. 

Maktabga kirishdan avval, ushbu maktabning tibbiy xodimlari/mas'ul xodimlari tomonidan “ertalabki filtrlash” bo‘yicha maxsus punkt tashkil etilib, tegishi jurnal yuritiladi.
 
Tibbiy/mas'ul xodimlar o‘quvchilar/maktab xodimlarining tana haroratini kontaksiz pirometr yordamida o‘lchaydilar (300 o‘quvchiga 1 pirometr hisobida). 

Yuqumli kasalliklari belgilari bo‘lgan o‘quvchilar/maktab xodimlari ushbu belgilar aniqlangan vaqtdan boshlab tez yordam tibbiy guruhi yoki ota-onalar (qonuniy vakil) kelguniga qadar zudlik bilan izolyatsiya qilinishlari shart.

Tibbiy xodimlar/mas'ul ishchilar kundalik ravishda o‘quvchilarning davomatini qayd qilib borib, so‘ngra ularni tahlil qiladilar. Shu bilan birga, ushbu hududda kasallanganlar to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor bo‘lish va epidemiyaga qarshi o‘z vaqtida choralar ko‘rish maqsadida yashash joyiga biriktirilgan poliklinika bilan maktab tibbiy xodimi o‘rtasida ikki tomonlama aloqa o‘rnatilishi zarur. 

Muloqotda/yoki COVID-19 bilan kasallangan shaxs bilan muloqotda bo‘lgan o‘quvchi/xodimlari maktabga kelishlari faqatgina shifokorning ularning maktabda bo‘lishlariga qarshi tibbiy ko‘rsatmalar yo‘qligiga ruxsat etiladi. 

“Ertalabki filtrlash” jarayonidan so‘ng, o‘quvchilar kirish joylarida o‘rnatilgan maxsus dispenserdan antiseptik vosita yordamida qo‘llarini zararsizlantiradilar. 

Turli sinf o‘quvchilarining aralashib ketishlariga yo‘l qo‘ymaslik uchun o‘quvchilar/xodimlarning harakat yo‘nalishi bo‘ylab maxsus yo‘nalish ko‘rsatuvchi markerlarni bir tomonlama harakatlanish uchun qo‘llash tavsiya etiladi. 

Muloqot qilish amaliyotiga masofaviy salomlashish usulini kiritish tavsiya etiladi.

Sinflarning to‘lalik darajasi amaldagi SanQ va M 0341-16 “O‘rta ta'lim maktablarida ta'limni tashkil etish shartlari va tashkil etilishiga qo‘yiladigan sanitariya-epidemiologik talablar”ning IV bobiga muvofiq belgilanadi, ya'ni “ushbu sanitariya qoidalarining V bo‘limiga muvofiq, sinflardagi o‘quvchilarning taxminiy soni bir talabaga to‘g‘ri keladigan maydon hajmini hisoblash va sinf jihozlarini joylashtirish imkoniyati asosida belgilanib, bunda har bir o‘quvchiga 2 m2 dan kam bo‘lmagan maydon bo‘lishi talab etiladi”.

Bolalarga barcha fanlar bo‘yicha ta'lim berilishi ko‘zda tutilgan har bir sinf uchun alohida o‘quv xonasi biriktirilishi talab etiladi, maxsus jihozlar bo‘lishi talab etiluvchi darslar bundan mustasno (jismoniy tarbiya, tasviriy san'at, mehnat ta'limi va boshqa shu kabilar). 

Pandemiya paytida maktab oshxonalari / oshxonalari ishini tashkil etish: 

amaldagi sanitariya me'yorlari va qoidalari talablariga rioya qilingan holda tashkil etilgan, SanQvaM 0288-10 "O‘rta maktablarda, o‘rta kasb-hunar ta'limi muassasalarida o‘quvchilarning ovqatlanishini tashkil etish bo‘yicha sanitariya-epidemiologiya talablari" va umum ta'lim maktablar va maktab-internatlaridagi oshxonalar faoliyati SanQvaM 0372-20-sonli “Davlat organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek, tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan COVID-19 pandemiyasi bilan bog‘liq cheklov choralari doirasida faoliyatini tashkil etish bo‘yicha vaqtinchalik sanitariya qoidalari va normalari”ga muvofiq umumiy ovqatlanishni tashkil etish talablariga rioya etgan holda tashkil etiladi. 

O‘quvchilar/xodimlarning qo‘llarini gigiyenik tozalash jadvali ishlab chiqiladi (ovqatdan oldin va keyin, hojatxonadan foydalangandan so‘ng va har safar qo‘lning ifloslanishida qo‘lni sovun bilan yuviladi yoki antiseptik spirtli eritmalar bilan ishlov beriladi).

Mavzuga oid