O‘zbekiston | 00:12 / 29.08.2020
86601
2 daqiqa o‘qiladi

SSV: Koronavirusdan davolanish ko‘rsatkichi bo‘yicha rekord yangilandi

O‘zbekistonda bir kunda rekord sonda – 747 kishi koronavirusdan tuzalgani va davolanish ko‘rsatkichi birinchi marta 93 foizga chiqqani xabar qilindi.

28 avgust kuni O‘zbekistonda 376 kishida koronavirus aniqlanib, jami holatlar soni 40 823 taga yetdi, deb ma'lum qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Xabar qilinishicha, kun davomida 747 bemor sog‘ayib, 5 kishi vafot etdi. Tuzalganlar 37 947 nafar, qurbonlar 303 nafarni tashkil etmoqda.

Rasmiy statistikada davolanish ko‘rsatkichi sezilarli oshib bormoqda: 28 avgustda tuzalganlar ulushi 93 foizga chiqdi.

Yangi holatlar (+376)

Qatorasiga to‘rtinchi kun yangi holatlar soni 400tadan kam bo‘lmoqda.

  • Toshkent shahri – 256
  • Toshkent viloyati – 92
  • Namangan viloyati – 11
  • Samarqand viloyati – 8
  • Surxondaryo viloyati – 5
  • Qoraqalpog‘iston – 4

Tuzalganlar (+747)

Sog‘ayish ko‘rsatkichi bo‘yicha rekord yangilandi: kun davomida 747 kishi koronavirusdan xalos bo‘lgani ma'lum bo‘ldi.

  • Toshkent shahri – 536
  • Toshkent viloyati – 156
  • Samarqand viloyati – 21
  • Namangan viloyati – 16
  • Xorazm viloyati – 10
  • Surxondaryo viloyati – 6
  • Qoraqalpog‘iston – 2

O‘lim holatlari (+5)

Tasdiqlangan 5ta o‘lim holatining barchasi yana Toshkent shahrida qayd etilgan bo‘lib, jami 303 qurbondan 209 nafari poytaxtga to‘g‘ri kelmoqda.

  • Yashnobod tumanida yashagan 63 yoshli M.K. (erkak)
  • Yashnobod tumanida yashagan 59 yoshli M.U. (ayol)
  • Olmaliq shahrida yashagan 74 yoshli R.U. (ayol)
  • Shayxontohur tumanida yashagan 56 yoshli S.U. (ayol)
  • Uchtepa tumanida yashagan 70 yoshli Sh.U. (ayol)

Davolanayotgan 2573 bemordan 301 nafari og‘ir, 131 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzuga oid