Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Yurtimizda tizim yoki shifokorlar o‘z ishlarini uddalay olmadilar deyish noto‘g‘ri» - shtab a'zosi
AOKAda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a'zosi Barno Abdusamatova ishtirokida brifing o‘tkazildi. Unda aholidan tushgan savollarga javob qaytarildi.
Xususan, murojaatlardan birida fuqaro Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirusdan tuzalgan bemorlarda antitanachalar shakllangan bo‘lsa ham qayta kasallanish mumkinligini inkor etmayotganini aytib, bu holat kimlarda kuzatilishi mumkinligi haqida so‘ragan.
“Koronavirus kasalligi hali oxirigacha o‘rganilmagan va hozirgi kunga qadar izlanishlar davom etayotgan kasallikdir. Olimlar ushbu kasallik bilan qayta kasallanish mumkinligini inkor etmayaptilar va ularning fikriga ko‘ra kasallik immuniteti past, surunkali kasalligi bor va kasallikka qarshi antitanachalari kam bo‘lgan bemorlarda uchrashi mumkinligini ta'kidladilar. Izlanishlar ushbu bemorlarda aniqlangan viruslar juda ko‘p marotaba mutatsiyaga uchraganini ham ko‘rsatmoqda.
Ko‘pchilik men kasallikdan qutildim, antitanachalar bor deb niqobsiz, masofani saqlamasdan yurishni boshladilar. Yuqoridagi ma'lumotlarga asoslanib, atrofdagilarni xavf xatarga qo‘ymaslik uchun ham barcha sanitariya-gigiyena qoidalariga to‘liq rioya etishni tavsiya etamiz”, - dedi Barno Abdusamatova
Shuningdek, yana bir murojaatda nima uchun O‘zbekistonga chet eldan mutaxassislar kelyapti, bizning tizim va tibbiyot xodimlarimiz o‘z ishlarini uddalay olmayaptilarmi, deya so‘ralgan.
«Yurtimizda tizim yoki shifokorlar o‘z ishlarini udalay olmadilar deyish noto‘g‘ri bo‘ladi. Koronavirusdan sog‘ayganlar ko‘rsatkichi ham buni isbotlab turibdi.
Koronavirus yangi va uning ochilmagan qirralari ko‘p. U geografik tuzilishga, ob-havoga, iqlimga, mahalliy sharoitiga va odamlarni olib borayotgan turmush tarziga qarab turlicha kechmoqda. Har bir davlat tavsiyalarni mahalliy sharoitlarga moslashgan holda ishlab chiqadi va har qanday vaqtda uni to‘ldirishi yoki o‘zgartirishi mumkin. Shuning uchun rivojlangan mamlakatlarning malakali mutaxassislari bilan muntazam tajriba almashib turish xozirgi kun talabidir. Olimlar turli davlatlarga borib nafaqat amaliy yordam beradilar, balki mahalliy olimlar bilan birga har bir mamlakatda izlanish o‘tkazadilar va davolash va kasallikni saralash, tashxis qo‘yish bo‘yicha yangi, zamonaviy va qulay, samarali usullarni kashf etadilar hamda tajriba almashadilar.
Aytish kerakki, chet el mutaxassislari O‘zbekiston tanlagan yo‘li va taktikasiga yuqori baho bermoqdalar», - dedi shtab a'zosi.
Mavzuga oid
10:06 / 16.02.2023
Koviddan keyingi sindrom bir necha oy ichida o‘zini namoyon qilishi mumkin - mutaxassis
03:31 / 16.02.2023
Koronavirusning kelib chiqishi bo‘yicha JSST surishtiruvi to‘xtab qoldi
10:02 / 31.01.2023
JSST pandemiya tugaganini e’lon qilishiga ayrim hududlardagi vaziyat to‘sqinlik qilmoqda
23:06 / 16.01.2023