O‘zbekiston | 23:34 / 30.08.2020
43367
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus: O‘zbekistonda bir kunda 400ga yaqin yangi holat aniqlandi

O‘zbekistonda 30 avgust kuni 368ta yangi holat qayd etildi, 460 nafar bemor tuzaldi, 6 bemor vafot etdi.

«Shu yilning 30 avgust kuni mamlakatimizda 368 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, barchasi tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan», deyiladi xabarda.

Kun davomida respublikaning 10 hududida Tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida 368 holat aniqlanib, jami holatlar soni 41 ming 528taga yetdi.

Yangi holatlar (+368)

  • Toshkent shahrida 170 holat;
  • Toshkent viloyatida 94 holat;
  • Samarqand viloyatida 38 holat;
  • Sirdaryo viloyatida 22 holat;
  • Buxoro viloyatida 10 holat;
  • Qashqadaryo viloyatida 10 holat;
  • Andijon viloyatida 16 holat;
  • Surxondaryo viloyatida 4 holat;
  • Qoraqalpog‘istonda 2 holat;
  • Namangan viloyatida 2 holat.

Tuzalganlar (+460)
Respublikaning 10 hududida jami 460 bemor kasallikdan forig‘ bo‘ldi va O‘zbekistonda shu vaqtgacha koronavirusdan sog‘ayib chiqqanlar soni 38 ming 819 nafarga yetdi.

  • Toshkent shahrida 285 nafar;
  • Toshkent viloyatida 114 nafar;
  • Samarqand viloyatida 20 nafar;
  • Andijon viloyatida 10 nafar;
  • Buxoro viloyatida 10 nafar;
  • Qashqadaryo viloyatida 7 nafar;
  • Surxondaryo viloyatida 5 nafar;
  • Navoiy viloyatida 4 nafar;
  • Namangan viloyatida 3 nafar;
  • Qoraqalpog‘istonda 2 nafar.

O‘lim holatlari (+6)
Bugun Toshkent shahrida 5 nafar, Toshkent viloyatida 1 nafar, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi hamda rasmiy statistikaga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus qurbonlari soni 315 nafarga yetdi.

  • Yunusobod tumanida yashagan 84 yoshli I.A. (ayol);
  • Yangiyo‘l tumanida yashagan 47 yoshli B.E. (erkak);
  • Shayxontohur tumanida yashagan 79 yoshli N.I. (erkak);
  • Uchtepa tumanida yashagan 64 yoshli M.Yu. (ayol);
  • Chilonzor tumanida yashagan 71 yoshli M.X. (ayol);
  • Olmazor tumanida yashagan 64 yoshli T.J. (erkak).

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2394 nafar bemordan 250 nafari og‘ir, 137 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzuga oid