Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belaruslar Lukashenkoning qarorgohiga «sovg‘alar» bilan kelishdi. Namoyishchilarni uning yordamchisi qarshiladi
Minsk va Belarusning boshqa shaharlarida norozilik aksiyalari davom etmoqda. Jurnalistlarning baholashicha, bugun ham Minskdagi marshda o‘n minglab kishilar ishtirok etgan. «Nashey Nivy» hisob-kitoblariga ko‘ra esa yuz ming kishi ko‘chaga chiqqan. Minskdan tashqari Brest, Mogilev, Vitebsk, Gomel, Bobruysk va boshqa yirik shaharlar ham faollik ko‘rsatdi. Namoyishchilar avvalgi mitinglarda bo‘lgani kabi Aleksandr Lukashenkoning iste'foga chiqishini hamda mamlakat prezidentligi lavozimi uchun halol saylovlar o‘tkazishni talab qilishdi.

Minskdagi asosiy maydonlar namoyishlar boshlanishidan oldinroq yopib qo‘yildi. Namoyishchilar metro bekati atrofida yig‘ilishdi va markaz tomon yurishdi, ammo asosiy maydonlar — Mustaqillik, G‘alaba, Oktabrskiy va «Minsk — qahramon-shahar» yodgorligi — allaqachon to‘sib qo‘yilgandi. Aksiya vaqtida metroning markaziy bekatlari ham yopildi. Natijada odamlarning asosiy oqimi Mustaqillik maydonidan harakatlanishdi, bu yerda bir necha kishini qo‘lga olishdi, keyin — G‘oliblar prospektidan Davlat bayrog‘i maydoni sari yurishdi. Mustaqillik saroyi atrofi xavfsizlik kuchlari tomonidan o‘rab olingandi.

Belarus IIV ma'lumotiga ko‘ra, Minskda 30 avgust kuni jami 140 kishini qo‘lga olishgan. Fuqarolik kiyimidagi shaxslar Davlat xavfsizlik qo‘mitasi binosi yaqinidagi namoyishchilarni qo‘lga olishgan. Shuningdek, militsiyaning xizmat avtomobiliga hujum uyushtirishda ayblangan shaxslar qo‘lga olingan. Ichki ishlar vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, «bir guruh odamlar» mashinaning old oynasini sindirib, yon qismiga zarar yetkazishgan — uch kishi qo‘lga olingan.
Asosiy mobil operatorlar internetni «davlat organlari buyrug‘i» bilan sekinlashtirgan. Soat 15:00dan boshlab MTS, Life va A1 operatorlarida mobil internet faoliyatida muammolar kuzatildi, saytlar bir necha daqiqa davomida ochilmay qoldi. Bir necha soatdan keyin mobil internet faoliyati tiklandi.
Namoyishlar Aleksandr Lukashenkoning tug‘ilgan kuniga to‘g‘ri keldi. 30 avgust kuni u 66 yoshga to‘ldi. Uni Putin telefon orqali tabrikladi. Namoyishchilar esa Lukashenkoni «ag‘darilish kuni» bilan tabriklashdi va Mustaqillik saroyiga o‘z sovg‘alarini keltirishdi — kartondan yasalgan ulkan tarakan, diktatura uchun tobut va boshqa turli buyumlar. Ayollar qo‘llarida qovoqlar bilan milliy liboslarda Mustaqillik maydoniga qarab yurgan. Belarus afsonalariga ko‘ra, qiz biror yigitga rad javobi bersa, uni yoqtirmasa, unga qovoq bergan. Bu juda haqoratli ma'noni bildirgan. Shunga qiyosan ular ham yoqtirilmagan «amaki»ga qovoq olib borishdi. Namoyishchilar saroy atrofida to‘planib, «Biz tug‘ilgan kundamiz!» deya hayqirishdi.

Jurnalistlarga militsiya xodimlari va namoyishchilardan uzoqroqda turish tavsiya qilindi. Ichki ishlar vazirligining ogohlantirishida, «o‘z xavfsizligi uchun» jurnalistlar militsiya va namoyishchilarga 100 metrdan yaqin kelmaslik so‘ralgandi. Minskda TASS korrespondenti Ivan Koliganov qo‘lga olingan, ammo bir necha soat o‘tib uni qo‘yib yuborishgan.
Namoyishchilar Lukashenkoning Mustaqillik saroyidagi qarorgohigacha borishdi, ammo kuchishlatar tizim xodimlari tomonidan to‘xtatildi. Bu yerdagi namoyishchilar orasida Muxolifatning muvofiqlashtiruvchi kengashi a'zolari — Mariya Kolesnikova, Maksim Znak va Liliya Vlasovani ham ko‘rish mumkin edi. Kolesnikova xavfsizlik kuchlaridan rahbarlarni chaqirishni yoki uni muzokaralar uchun o‘tkazib yuborishni so‘radi. Uni o‘tkazishmadi. Bir necha soat o‘tib Minskda yomg‘ir quya boshladi — namoyishchilarning katta qismi uyiga ketdi.
Namoyishchilar qarshisiga Lukashenkoning yordamchisi Nikolay Latishenok chiqib keldi. U namoyishlar noqonuniyligi, saylovlar haqqoniy o‘tgani, muxolifat va hukumat o‘rtasida muzokaralar o‘tkazilmasligi, hukumat konstitutsion islohotlar o‘tkazishga tayyorlanayotgani, muvofiqlashtiruvchi kengash «Yevropaga yuborilishi kerakligi» haqida gapirgan.
“Revolyutsionnyy protsess vsegda karayetsya”.
— bbcrussian (@bbcrussian) August 30, 2020
"Nasha Niva" i "Yevroradio" pishut, chto s protestuyushchimi u dvorsa Nezavisimosti poobshchalsya chelovek, predstavivshiysya Nikolayem Latyshenko, pomoshchnikom Aleksandra Lukashenko. pic.twitter.com/mQoXYnx5TR
Lukashenko bu vaqtda qayerda bo‘lgani aniq emas. Uning matbuot kotibi jurnalistlarga faqat bir surat jo‘natdi, unda prezident avtomat ko‘targan holda Mustaqillik saroyi oldidan o‘tayotgani ko‘rsatilgan. «Pul pervogo» telegram kanali bu surat soat 16:00da, namoyishchilar Mustaqillik saroyini o‘rab olgan xavfsizlik kuchlari zanjiri oldiga kelishgan vaqtda olingani haqida yozdi. Ammo «Radio Svoboda»ning hisoblashicha, bu vaqtda namoyishchilar qarorgoh oldida bo‘lishmagan, ular kelishganida esa bunday kiyimdagi shaxsni ko‘rishmagan.
Lukashenko va Putin Moskvada uchrashishi rejalashtirilgan. Bu haqda Lukashenkoning matbuot xizmati xabar berdi. Kremlning aniqlik kiritishicha, uchrashuv «yaqin haftalar ichida» o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
20:28 / 07.05.2025
Lukashenko 8 ming mahkumga amnistiya qo‘llash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
22:19 / 25.04.2025
Lukashenko Polsha va Litvani migrantlar sabab xavotirga tushmaslikka chaqirdi
08:18 / 31.03.2025
Uysiz erkak jinlarni haydayman deb, mashinani pachoq qildi
18:00 / 25.03.2025