Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bu yil 21 oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni butun mamlakat miqyosida keng nishonlanadi
Umumta'lim maktablarida birinchi marta «Tarbiya» fani joriy etilmoqda. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida mustaqillikning 29 yilligi bayramiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda ma'lum qildi.
«Ma'lumki, har qanday mustaqil davlat mustahkam ma'naviy poydevorga ega bo‘lgandagina yuksak taraqqiyotga erisha oladi.
Shu maqsadda biz «Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasi» doirasida umumta'lim maktablarida birinchi marta «Tarbiya» fanini joriy etmoqdamiz.
Milliy davlatchiligimiz va o‘zligimiz timsoli bo‘lgan ona tilimizni rivojlantirish bu borada eng muhim yo‘nalish bo‘lib qoladi. Xudo xohlasa, bu yil 21 oktabr – O‘zbek tili bayrami kunini butun mamlakatimiz miqyosida keng nishonlaymiz.
Keyingi paytda qabul qilingan farmon va qarorlar asosida madaniyatimiz va san'atimiz rivoji yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.
Mamlakatimizda diniy-ma'rifiy sohalar rivojiga ham alohida e'tibor qaratilmoqda.
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi qurilishi jadal davom ettirilmoqda. Ushbu betakror majmua xalqimizning asrlar davomida jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan ulkan hissasini namoyon etadi. Yaqinda Imom Moturidiy ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish borasida boshlagan sa'y-harakatlarimiz ham mana shu xayrli ishlarning uzviy davomidir», - dedi davlat rahbari.
Mavzuga oid
10:03 / 28.05.2025
Yirik suv inshootlari va magistral quvurlarga “aqlli” hisoblagich tizimi o‘rnatiladi
21:22 / 27.05.2025
2025 yilda 1619 km ichimlik suv tarmoqlarini tortish rejalashtirilgan
18:30 / 27.05.2025
Shavkat Mirziyoyev YUNISEF ijrochi direktori bilan uchrashdi
12:30 / 27.05.2025