Hindistonning sobiq prezidenti Pranab Mukerji vafot etdi
Hindistonning 13-prezidenti Pranab Mukerji 84 yoshida vafot etdi. Mukerjining vafot etgani haqida uning o‘g‘li Abxijit Mukerji va amaldagi prezident Ram Natx Kovind ma'lum qildi. Sobiq prezidentning o‘limi sababi ma'lum qilinmagan, biroq unda avgust boshida koronavirus aniqlangan.
“Yurakda g‘am-anduh bilan otam Shri Pranab Mukerji shifokorlarning barcha sa'y-harakatlari va barcha hindistonliklarning duolariga qaramay vafot etganini sizlarga ma'lum qilaman. Barchangizga minnatdorlik bildiraman!”, deb yozgan Mukerjining o‘g‘li.
Hindiston bosh vaziri Narendra Modi sobiq prezidentning vafoti munosabati bilan uning yaqinlariga hamdardlik bildirgan. “Hindiston Pranab Mukerjining o‘limidan qayg‘uda. U davlatimizni rivojlantirish yo‘lida o‘chmas iz qoldirdi. Ajoyib olim, atoqli davlat arbobi, undan barcha siyosatchilar va aholining barcha qatlamlari hayratlangan”, deb yozgan Modi tvitterda.
Modi, shuningdek, 2014 yilda bosh vazir lavozimini bajarishga kirishganda “Mukerji uni qo‘llab-quvvatlagani va oq fotiha bergani uchun” uning nomiga minnatdorlik so‘zlarini bildirgan.
Hindiston OAV xabar berishicha, Mukerji davolanayotgan Dehli shifoxonasida 31 avgust ertalab uning ahvoli yomonlashgani ma'lum qilingan. Mukerjida o‘pka infeksiyasi ortida septik shok yuz bergan.
Mukerji shifoxonaga 10 avgustda yotqizilgan, shu kuni uning miyasida trombni olib tashlash bo‘yicha operatsiya o‘tkazilgan. Shifoxonada, shuningdek, unda koronavirus borligi aniqlangan. Shifokorlarning ma'lum qilishicha, Mukerjida so‘nggi kunlar o‘pka infeksiyasi va buyraklar faoliyati buzilishi rivojlangan.
Pranab Mukerji Hindiston prezidenti lavozimini 2012-2017 yillar davomida egallagan. 2012 yilgi saylovlarda 70 foiz ovoz bilan g‘alaba qozongan. U 2017 yilgi saylovlarda ishtirok etmagan. Bungacha u Hindiston moliya vaziri, mudofaa vaziri va tashqi ishlar vaziri lavozimlarini egallagan.
Mavzuga oid
20:58 / 19.11.2024
Putin Hindistonga boradi
16:43 / 17.11.2024
Hindiston birinchi gipertovushli raketasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi
16:50 / 16.11.2024
Hindistonda havo ifloslanishi kuchayib ketganidan Toj Mahal ko‘rinmay qoldi
17:36 / 14.11.2024