Mahalla raisi pora olayotganida qo‘lga tushdi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mahalla fuqarolar yig‘inining raisi qachonki shu mahallada yashovchi barcha fuqarolarning dardu-tashvishiga hamdard bo‘lib, ularning hurmati va ishonchini qozona olsagina, uni mukammal darajadagi rais – oqsoqol deyishga arziydi, deb yozadi Xorazm viloyati IIB axborot xizmati.
Gurlan tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘inidan biriga raislik qilib kelayotgan, 1962 yilda tug‘ilgan N.A. ikki yoshga to‘lmagan farzandi uchun nafaqa tayinlanishida yordam so‘rab murojaat qilgan fuqaroga otalarcha g‘amxo‘rlik qilish o‘rniga, aksincha 400.000 so‘m miqdorda pora talab qilgan.
Mazkur fuqaroning ichki ishlar organlariga qilgan murojaati asosida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, talab qilingan pulning bir qismini, ya'ni 350.000 so‘m pulni pora tariqasida olayotgan mahalla fuqarolar yig‘ini raisining qilmishi fosh etildi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 1-qismi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
21:10 / 20.09.2024
Pora bilan ushlangan Dashtobod stansiyasi boshlig‘i ilgari sudlanmagani aytildi
11:41 / 20.09.2024
Dashtobod temiryo‘l stansiyasi boshlig‘i pora olgan vaqtida ushlandi
19:02 / 09.09.2024
Qashqadaryo va Jizzaxda pora olgan ekologiya va qurilish mutaxassislari ushlandi
20:10 / 20.08.2024