Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda mast haydovchining qoidabuzarligi bir insonning bevaqt o‘limiga sabab bo‘ldi
YTH yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Joriy yilning 30 avgust kuni soat 00:30larda, Toshkent shahar Shayxontohur tumani, Furqat ko‘chasida joylashgan “Yalpiz” kafesi qarshisida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, haydovchi, 1989 yilda tug‘ilgan D.T. “Neksiya-3” rusumli avtomobil yoritish chiroqlarini o‘chirib, tezligini me'yoridan oshirib, mast holda boshqarib ketayotib, ko‘prikka tushish joyida ta'mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli to‘siq bilan to‘silgan temir panjarani urib o‘tib, harakati davomida piyoda “Ko‘prik ta'mirlash” boshqarmasi ishchisini urib yuborib, YTH sodir etgan.
Natijada, piyoda, 1994 yilda tug‘ilgan A.N. olgan og‘ir tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan.
Mazkur YTH yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Barcha haydovchilardan transport vositasini mast holda boshqarmasliklarini, tezlik me'yoriga amal qilishlarini, piyodalarga e'tiborli bo‘lishlarini so‘rab qolamiz”, - deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
17:21 / 30.04.2025
Toshkentning Shayxontohur tumani hokimligi binosi sotuvga qo‘yildi
16:30 / 20.04.2025
Toshkentda fuqarolarga pichoq bilan tahdid qilgan mast erkak 10 sutkaga qamaldi
14:51 / 11.04.2025
Toshkentda qutqaruvchilar uy ichida qulflanib qolgan 1 yoshli bolaga yordam ko‘rsatdi
16:23 / 29.07.2024