Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyada o‘quvchilarga ataylab yo‘talish va koronavirus haqida hazillashish taqiqlandi
Britaniyada maktab o‘quvchilari uchun yangi qoidalar kiritildi. Endilikda ular qiliq qilib ataylab yo‘talganlik va koronavirus haqida hazil qilganlik uchun uylariga jo‘natilishlari mumkin, deb xabar bermoqda Daily Mail nashri.
Nashrning ta'kidlashicha, ba'zi o‘quvchilarga sinfdoshlariga qiliq qilib yo‘talganlik yoki koronavirus haqida hazillashganlik uchun intizomiy choralar ko‘rilgan.
“Gasting maktabida “qasddan” yo‘talish yoki aksirish, pandemiya haqida hazillar qilish va boshqa kishi bilan ataylab aloqaga kirishish taqiqlanadi. Londondagi ta'lim muassasalaridan birida esa “hazillashib yo‘talganlik” uchun haydalish mumkin”, deb aytilgan xabarda.
O‘quvchilarning ota-onalari farzandlari koronavirus tarqalish xavfini kamaytirishga qaratilgan yangi qoidalarga rioya qilmasalar, haydalishlari mumkinligidan ogohlantirilgan.
Ko‘plab maktablar tarbiyasi buzuq bolalarni alohida sinflarga joylashtirish xavfsiz emas degan fikrda ularni uylariga jo‘natishni afzal ko‘rmoqda.
Mavzuga oid
18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi
09:22 / 23.05.2025
Britaniyalik 500 dan ortiq o‘qituvchi O‘zbekistondagi maktablarga jalb qilinadi
10:39 / 20.05.2025
Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilga «aniq choralar» bilan tahdid qildi
13:15 / 13.05.2025