Jahon | 15:56 / 02.09.2020
7857
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zaro tashriflar: Rossiya bosh vaziri 3 sentabr kuni Minskka boradi

 Belarus mudofaa vazirligining xabariga ko‘ra, mamlakat mudofaa vaziri Viktor Xrenin juma kuni Rossiyaga tashrif buyuradi.

Foto: Dmitriy Astaxov/TASS

 Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin 3 sentabr kuni Minsk shahriga boradi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma'lum qildi.

 "Ertaga RF hukumati raisi Mixail Mishustinning Minskka tashrifi bo‘lib o‘tadi", - dedi Lavrov.

 Uning qayd etishicha, yaqin vaqt ichida Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning Moskvaga tashrifi ham amalga oshiriladi.

 Belarus mudofaa vazirligining xabariga ko‘ra esa, mamlakat mudofaa vaziri Viktor Xrenin juma kuni Rossiyaga tashrif buyuradi.

 O‘tgan haftada Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Moskvada uchrashishga kelishib olishgandi. Kremlning bildirishicha, uchrashuv yaqin ikki hafta ichida bo‘lib o‘tadi.

 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid