O‘zbekiston | 23:59 / 02.09.2020
48972
2 daqiqa o‘qiladi

SSV: Kunlik o‘sish ikki oylik minimumga tushdi, 10ta hududda virus aniqlanmadi

2 sentabr kuni O‘zbekistonda 304 kishida koronavirus aniqlangani ma'lum qilindi. Bu – 2 iyuldan keyingi davrdagi eng kam kunlik o‘sish ko‘rsatkichidir.

Jami holatlar soni 42 540 tani tashkil etmoqda. Kun davomida 219 bemor sog‘ayib, 5 kishi vafot etdi.

Rasmiy statistikada tuzalganlar 39 883 nafar, qurbonlar 329 nafar deb ko‘rsatilmoqda.

Yangi holatlar (+304)

14ta hududning 10tasida yangi holatlar qayd etilmadi.

  • Toshkent shahri – 189
  • Toshkent viloyati – 105
  • Buxoro viloyati – 8
  • Farg‘ona viloyati – 2

Ta'kidlash joiz, hukumat koronavirus tarqalishiga oid yangi holatlar sonini e'lon qilish bilan kifoyalanmoqda: kundalik ravishda o‘tkazilayotgan testlar soni va bu boradagi raqamlarda o‘zgarish bor-yo‘qligi noma'lum.

Rasmiy ma'lumotga ko‘ra, yangi aniqlangan holatlarning barchasi tana harorati ko‘tarilgani bois profilaktika maqsadida va koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Tuzalganlar (+219)

Davolanish ko‘rsatkichi Farg‘ona viloyatida 99 foizga chiqdi. Viloyatda bor-yo‘g‘i 3 nafar bemor qolgan. Respublika miqyosida davolanish ko‘rsatkichi 93 foiz bo‘lib turibdi.

  • Toshkent viloyati – 103
  • Toshkent shahri – 98
  • Buxoro viloyati – 11
  • Farg‘ona viloyati – 5
  • Qashqadaryo viloyati – 2

O‘lim holatlari (+5)

Rasmiy statistikaga ko‘ra, jami qurbonlar 329, Toshkent shahrida esa 230 nafarga yetdi.

  • Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani prokurori Oybek Xo‘jayev. 44 yoshli prokuror Xorazm viloyatida davolangan.
  • Sergeli tumanida yashagan 65 yoshli M.A. (erkak)
  • Olmaliq shahrida yashagan 64 yoshli A.U. (erkak)
  • Olmazor tumanida yashagan 77 yoshli N.A. (ayol)
  • Yangiyo‘l tumanida yashagan 63 yoshli N.X. (ayol)

Ayni paytda davolanayotgan 2 328 bemordan 365 nafari og‘ir, 176 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid