Jahon | 08:05 / 03.09.2020
4229
2 daqiqa o‘qiladi

Apple’ning kapitallashuvi Britaniyaning 100 ta yetakchi kompaniyasining umumiy qiymatidan oshdi

Apple kompaniyasi aksiyalari 31 avgustda 134,8 dollarga yetdi va oshishda davom etmoqda. Buning evaziga kompaniyaning kapitallashuvi 2,3 trln dollarga yetgan. Bu esa Britaniyaning FTSE 100 birja indeksiga kiruvchi 100 ta kompaniyaning umumiy qiymatidan ko‘proqni tashkil qiladi. 

AQSh kompaniyasi aksiyalari bahordan beri dadil ravishda qimmatlashib bormoqda. Bunga pandemiya va karantin choralari sabab bo‘lgan. Ushbu vaziyatda mobil gadjetlar va turli onlayn xizmatlarga talab oshgan. 

Iyul oxirida Apple 3-chorak bo‘yicha hisobot taqdim qilgan. Natijalar ekspertlar kutgandan yaxshiroq bo‘lgan: kompaniya tushumi 11 foizga oshib, 59,6 mlrd dollarni, sof daromadi esa 12 foizga oshib, 11,2 mlrd dollarni tashkil qilgan. Avgust o‘rtalarida Apple bozor qiymati 2 trln dollardan oshgan AQShning tarixdagi birinchi kompaniyasiga aylangandi.   

Bu orada FTSE 100 indeksiga kiruvchi britan kompaniyalari yil boshidan beri o‘z kapitallashuvining 25 foizga yaqinini yo‘qotgan. Ushbu indeksga iqtisodiyotning pandemiyadan jiddiy zarar ko‘rgan tarmoqlari – bank, neft qazib olish, turizm tarmoqlarini bildiruvchi ko‘plab kompaniyalar, aviakompaniyalar, riteylerler kiradi. Koronavirus inqirozida o‘zini hammadan yaxshi sezayotgan texnologik kompaniyalar FTSE 100’da deyarli yo‘q.

Mavzuga oid