Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bolalarda Kavasaki sindromi qayd etilmadi – shtab a'zosi
AOKA huzuridagi shtabda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a'zosi Sevara Ubaydullayeva ishtirokida brifing o‘tkazildi. Unda koronavirus yuqtirib olgan bolalarda Kavasaki sindromi alomatlari paydo bo‘layotgani haqidagi savolga javob berildi.
«Kavasaki sindromi genetik kasallik bo‘lib, u asosan 4-5 yoshgacha bo‘lgan bolalarda uchraydi. Bu — juda ham kam uchraydigan katta va mayda qon tomirlar o‘zgarishi, bola organizmining tizimli o‘zgarishi bilan kechadigan kasallik.
Bugungi kunda Rossiya Federatsiyasi va qo‘shni Qozog‘istonda ham bolalarda bu sindromga o‘xshash holatlar kuzatilayotgani haqida ma'lumotlar bor. O‘zbekistonda bu kasallik uchramadi deyishimiz qiyin, balki bolalarda kechgan o‘rta og‘ir turlarida bu kasallik belgilari o‘xshash holatlar kuzatilgan bo‘lish ehtimoli bor. Bizda bu sindrom uchradi deyishimiz uchun kasallik tasdiqlanishi kerak.
Bugungi kunda bu sindromga o‘xshash holatlar aniq o‘z tasdig‘ini topmadi. Biroq bu bizda kuzatilmaydi ham degani emas, Kavasaki sindromiga o‘xshash kasalliklar bolalarda kuzatilishi va ko‘payishi ham mumkin.
Bu sindromga o‘xshash kasallik kelib chiqishida koronavirus ta'sirida bola organizmida kechadigan kuchli yallig‘lanish uning immun tizimi kuchayishi, qon-tomirlar o‘tkazuvchanligi buzilishini keltirib chiqaradi. Shuningdek, bolaning tana harorati 5 kun va undan ortiq 38 darajadan yuqori bo‘ladi,tanasida turli toshmalar toshishi kuzatiladi, qo‘llar kafti va tovonlar terisi ko‘chishi kuzatilishi mumkin.
Bola organizmida kechayotgan jarayonni og‘ir yoki yengilligiga qarab bu belgilar kuzatiladi. Ota-onalar bolalarda shamollash alomatlarini paydo bo‘lishi bilan poliklinikalardagi oilaviy shifokor yoki pediatrga murojaat etishi lozim. Bu sindrom yurak miokardiga bo‘lgan ta'siri sabab miokardit kasalligini keltirib chiqaradi, ba'zi hollarda bola organizmidagi kuchli immun reaksiya uning o‘limi sababchisi bo‘lib qolishi ham mumkin», dedi Sevara Ubaydullayeva.
Mavzuga oid
10:06 / 16.02.2023
Koviddan keyingi sindrom bir necha oy ichida o‘zini namoyon qilishi mumkin - mutaxassis
03:31 / 16.02.2023
Koronavirusning kelib chiqishi bo‘yicha JSST surishtiruvi to‘xtab qoldi
10:02 / 31.01.2023
JSST pandemiya tugaganini e’lon qilishiga ayrim hududlardagi vaziyat to‘sqinlik qilmoqda
23:06 / 16.01.2023