Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Texnikumlarga 70 ming o‘quvchi qabul qilinadi. Shundan 60 ming nafari – kontrakt asosida
2020/2021 o‘quv yili uchun texnikumlarga to‘lov-kontrakt asosida qabul parametrlari tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, bu yil respublika bo‘ylab 168ta texnikumga 60 849 nafar o‘quvchi kontrakt asosida qabul qilinadi.
Avvalroq, grant asosida 185ta texnikumga 9 199 nafar o‘quvchi qabul qilinishi ma'lum bo‘lgandi.
Kontrakt narxi hozircha noma'lum. Qabul 25 avgustdan boshlangan va 25 sentyabrgacha davom etadi. Talabgorlar texnikum.edu.uz platformasi orqali ariza berishlari mumkin.
Ma'lumot uchun, texnikumlarga kamida umumiy o‘rta ma'lumotga ega shaxslar o‘qishga qabul qilinadi, o‘qish ta'lim yo‘nalishining murakkabligidan kelib chiqqan holda kamida 2 yil davom etadi.
Ta'lim kunduzgi, kechki va sirtqi ta'lim shakllarda amalga oshiriladi. Bitiruvchilar o‘z sohasiga mos bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha imtihonlarsiz, yakka tartibdagi suhbat orqali OTMlarda 2-kursdan o‘qishini davom ettirish huquqiga ega bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, kollejlarga ham qabul kvotalari tasdiqlangan. Bu yil 192ta kollejga 68 563 nafar o‘quvchi to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi.
Mavzuga oid
14:35 / 11.01.2025
O‘zbekistonda “Yashil” texnikumlar tashkil etiladi
12:32 / 22.10.2024
Profta’lim muassasalari texnikumlarga birlashyapti – tizimda qanday o‘zgarishlar bor?
16:29 / 21.10.2024
Kadrlar tayyorlaydigan yagona texnikumlar tarmog‘i tashkil etiladi
14:41 / 11.10.2024