Tsukerberg AQShda saylovdan so‘ng tartibsizliklar yuz berishi ehtimoli haqida gapirdi
Avvalroq Mark Tsukerberg va uning turmush o‘rtog‘i Prissilla Chan prezident saylovi xavfsizligini ta'minlash uchun 300 mln dollar ajratgandi.
Facebook kompaniyasi rahbari Mark Tsukerberg Axios nashriga bergan intervyusida AQShda prezident saylovi kuni va natijalar e'lon qilinishi oralig‘ida tartibsizliklar yuz berishi mumkinligini aytdi.
"Ovoz berish va natijalarni e'lon qilish oralig‘ida yoki undan so‘ng tartibsizliklar yuz berishi ehtimoli mavjud va biz saylovlardan keyin tartibsizliklar va zo‘ravonliklar sodir bo‘lishi imkoniyatlarini kamaytirish uchun bor imkoniyatimizni ishga solishimiz kerak deb o‘ylayman", - dedi Tsukerberg.
U avvalroq Facebook 3 noyabrda bo‘lib o‘tadigan prezident saylovidan bir hafta oldin siyosiy reklamani to‘xtatishini ma'lum qilgandi.
Bo‘lajak saylovlarda amaldagi prezident Donald Tramp ikkinchi muddatga saylanish uchun demokratlar nomzodi Jo Bayden bilan kurash olib boradi.
O‘tgan haftada Mark Tsukerberg va uning turmush o‘rtog‘i Prissilla Chan AQSh prezidenti saylovi xavfsizligini ta'minlash uchun ikkita tashkilotga 300 mln dollar ajratgandi.
Mavzuga oid
19:21 / 04.10.2024
Tsukerberg dunyodagi eng badavlat insonlar reytingida Amazon asoschisini ortda qoldirdi
23:18 / 30.09.2024
Tsukerberg 2030 yilga borib №1 gadjetga aylanadigan qurilma nomini aytdi
22:30 / 29.09.2024
Mark Sukerbergning boyligi oxirgi 2 yilda olti barobarga oshdi
09:31 / 28.08.2024