Fan-texnika | 23:33 / 04.09.2020
6436
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy kompaniyasi ko‘zni asrovchi texnologiyaga ega displeyni taqdim etdi

Xitoyning TCL kompaniyasi Germaniyada o‘tayotgan IFA 2020 elektronika ko‘rgazmasida ko‘zni asrovchi texnologiyaga ega yangi turdagi displeyni taqdim etdi. 

Foto: TCL

NXTPAPER deb nomlangan ushbu displeylarda yangi texnologiya evaziga ko‘zga tushuvchi zo‘riqish miltillash, yorug‘lanish va ko‘k rangning qo‘llanishi kamaytirilgani hisobiga kamaygan.

Ta'kidlanishicha, yangi texnologiya E Ink rangli panellariga raqobatchi bo‘lishi kutilmoqda. Bundan tashqari, yangi displey E Ink panellariga nisbatan 25 foiz ko‘proq kontrastlikka ega hamda suyuq kristalli displeylarga nisbatan 36 foiz ingichkaroq. Bu esa qurilmani yengilroq qiladi. 

Yangi panellarda yorug‘lanishdan (podsvetka) voz kechilib, uning o‘rniga yuqori akslantiruvchi qobiliyatga ega materiallar qo‘llangan. Biroq yangi displeyning kamchiligi ham shunda bo‘lib, bunday ekranni qorong‘ida ishlatib bo‘lmaydi. Shu bilan birga yorug‘lanishning yo‘qligi ekranda ko‘zga salbiy ta'sir qiluvchi miltillash bo‘lmasligini anglatadi.

Kompaniya vakillari yangi displeylar qachondan sotuvga chiqarilishini ma'lum qilishmagan.

Mavzuga oid