O‘zbekiston | 00:02 / 05.09.2020
46266
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus: Kunlik holatlar soni tuzalganlar sonidan ko‘p bo‘ldi. Jami holatlar soni 43 mingdan oshdi

O‘zbekistonda 4 sentabr kuni 278ta yangi holat qayd etildi, 256 nafar bemor tuzaldi, 5 bemor vafot etdi.

«4 sentabr kuni mamlakatimizda 278ta holatda kasallik qayd etildi. Afsuski bugun yurtimizda koronavirus qayd etilganlar soni sog‘ayganlar sonidan ko‘p bo‘ldi», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.

Kun davomida respublikaning 10 hududida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida 278 holat aniqlangan va shu vaqtgacha qayd etilgan holatlar soni 43 ming 75taga yetgan.

Yangi holatlar (+278)

  • Toshkent shahrida 135 holat;
  • Toshkent viloyatida 101 holat;
  • Namangan viloyatida 10 holat;
  • Jizzax viloyatida 8 holat;
  • Samarqand viloyatida 7 holat;
  • Andijon viloyatida 6 holat;
  • Navoiy viloyatida 4 holat;
  • Qashqadaryo viloyatida 3 holat;
  • Farg‘ona viloyatida 3 holat;
  • Qoraqalpog‘istonda 1 holat.

Tuzalganlar (+256)
Kun davomida respublikaning 10 hududida 256 bemor tuzaldi va shu vaqtgacha kasallikdan forig‘ bo‘lganlar soni 40 ming 432 nafarga yetdi.

  • Toshkent viloyatida 107 nafar;
  • Toshkent shahrida 89 nafar;
  • Samarqand viloyatida 14 nafar;
  • Namangan viloyatida 12 nafar;
  • Buxoro viloyatida 8 nafar;
  • Navoiy viloyatida 8 nafar;
  • Qashqadaryo viloyatida 7 nafar;
  • Farg‘ona viloyatida 6 nafar;
  • Jizzax viloyatida 4 nafar;
  • Qoraqalpog‘istonda 1 nafar. 

O‘lim holatlari (+5)
Kun davomida Toshkent shahrida 4, Toshkent viloyatida 1 bemor koronavirusdan vafot etgani qayd etildi va O‘zbekistonda rasmiy statistikaga ko‘ra koronavirus qurbonlari soni 339 nafarga yetdi.

  • Yashnobod tumanida yashagan 62 yoshli R.T. (ayol);
  • Olmaliq shahrida yashagan 59 yoshli M.S. (ayol);
  • Mirobod tumanida yashagan 52 yoshli T.X. (erkak);
  • Yunusobod tumanida yashagan 42 yoshli B.M. (erkak);
  • Sergeli tumanida yashagan 58 yoshli F.Ye. (ayol) vafot etdi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 2 304 nafar bemor davolanmoqda, ulardan 368 nafari og‘ir, 179 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
 

Mavzuga oid