Jahon | 00:42 / 05.09.2020
19278
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda ko‘p kvartirali uylar niqobi ostida faoliyat yuritgan qabristonlar yopildi

Foto: caijing.com.cn

Xitoyning Tyanszin shahri ma'muriyati ko‘p kvartirali uylarni qabristonlarga aylantirgan kompaniya faoliyatiga chek qo‘ydi. Bunday qabristondagi bir kvadrat metr joy ming dollarga yaqinni tashkil qilgan, deb xabar berdi Global Times nashri.

Kompaniya 16 ta 5 qavatli uydan iborat majmuaga ega bo‘lgan. Ularni ta'mirlashga 44 mln dollar sarflangan. Biroq binolarda odamlar yashamagan, u yerda marhumlarning xoklari saqlangan.

Mijozlarga xoklarni 50 yilga joylashtirish uchun turar-joy maydoni ijaraga taklif etilgan. Bu uylardagi bir kvadrat metr joy narxi ming dollarga yaqinni tashkil qilgan. Pastki qavatlardagi joylar qimmatroq turgan.

Uylar bir qarashda kvartiralardagi qoraytirilgan derazalardan tashqari odatdagi uylardan hech nimasi bilan farq qilmagan.

Sag‘ana-kvartiralaring maydoni 20 kvadrat metrdan 50 kvadrat metrgachani tashkil qilgan. Har bir qavatda bunday kvartiralardan 25 tadan bo‘lgan.

Sag‘anaga kirish joyida marhumning ismi yozilgan taxtacha bo‘lgan va sun'iy gulchambarlar joylashtirilgan.

Ushbu noodatiy qabristonning 6 yillik faoliyati davomida kvartiralarda 100 mingga yaqin xok solingan urna joylashtirilgan.

Mavzuga oid