Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda tez yordam xizmatiga murojaatlar soni yana ko‘payishni boshladi
Tana harorati oshgani sabab chaqiruvlar esa 2,5 mingdan 3,5 mingtagacha ko‘paygan.
O‘zbekistonda tez yordam xizmatiga murojaatlar soni yana ko‘payishni boshladi. Bundan Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi ma'lumotlari darak bermoqda.
«Oxirgi 5-6 kundagi statistikaga ko‘ra, 26 avgustdan boshlab tez yordam xizmatiga murojaatlar soni 29,3 mingdan, 34,2 mingacha oshgan. Ushbu murojaatlarning o‘tkir respirator bilan bog‘liq chaqiruvlarning soni 2,2 mingdan 3,0 mingtagacha oshdi. Tana harorati oshgani sabab chaqiruvlar esa 2,5 mingdan 3,5 mingtagacha ko‘paygan», - dedi Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i Farrux Sharipov.
Shu bilan birga, ambulator-poliklinika muassasalariga arterial bosimning ko‘tarilishi, ortiqcha vazn, qandli diabet kabi xastaliklar bilan murojaatlar ko‘paygan. Pnevmoniya belgilari sabab qilingan murojaatlar soni 244 nafardan 305 nafargacha oshgan.
Eslatib o‘tamiz, 15 avgustdan O‘zbekistonda karantin yumshatildi. Transportga va bozorlar faoliyatiga bosqichma-bosqich ruxsat berildi.
Bundan tashqari, 5 sentyabrdan boshlab qator faoliyat turlariga ruxsat berildi. Ular orasida umumiy ovqatlanish obektlari (restoran, kafe, oshxona, choyxona), tomosha va madaniy-ko‘ngilochar obektlar (faqatgina teatr va kinoteatr) hamda parklar va istirohat bog‘laridagi attraksionlar bor.
Mavzuga oid
15:41 / 02.04.2022
Sog‘liqni saqlash vazirligi Chiroqchida sayyor qabul o‘tkazmoqda
07:27 / 02.04.2022
Chet el fuqarolariga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi tasdiqlandi
08:01 / 29.03.2022
Aprelda olis hududlarda maxsus konteynerli 1 700 ta tibbiyot punkti tashkil etiladi
15:38 / 24.03.2022