Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boliviyaning sobiq prezidenti saylovlarda ishtirok etishga qo‘yilmadi
Boliviya konstitutsiyaviy sudi mamlakatning sobiq prezidenti Evo Moralesga parlament saylovlariga Kochabamba viloyatidan senator lavozimiga nomzodini qo‘yishni rad etdi. Sud shu tariqa fevralda saylov komissiyasi chiqargan shunday qarorni tasdiqlagan.
Bunday qaror qabul qilinishiga Moralesning Boliviyada doimiy tarzda yashamasligi va shu sababli parlamentda o‘ringa ega bo‘la olmasligi asos qilib olingan.
Morales ayni vaqtda Argentinada yashamoqda. 2019 yilda u harbiylar bosimi ostida 13 yillik prezidentlikdan keyin o‘z lavozimidan voz kechishga va emigratsiya qilishga majbur bo‘lgan. Morales 2019 yil 20 oktyabrda o‘tgan prezident saylovlarini soxtalashtirishda ayblangan. O‘shandan beri mamlakatni senat raisining sobiq o‘rinbosari Janin Anes boshchiligidagi vaqtinchalik hukumat boshqarib kelmoqda.
Boliviyada 18 oktyabrda nafaqat parlament, balki prezident saylovlari ham bo‘lib o‘tadi. Morales bu saylovlarga ham qo‘yilmagan. Senat prezident lavozimiga uni qatorasiga 3 muddat egallagan shaxslar qo‘yilmasligi haqida qaror qabul qilgan.
Mavzuga oid
18:39 / 02.05.2025
Boliviyada bortida besh kishi bo‘lgan samolyot g‘oyib bo‘ldi
18:51 / 17.12.2024
Boliviya prokuraturasi sobiq prezident Evo Moralesni hibsga olishga order berdi
22:37 / 27.10.2024
Boliviya sobiq prezidenti Evo Moralesga suiqasd uyushtirildi
17:12 / 23.09.2024