Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Matbuot tarqatuvchi»da sotilayotgan davlat ulushi 40 foizga arzonlashdi
Aksiyalar paketining umumiy boshlang‘ich narxi – 5 585 112 000,0 so‘m.
Birja savdolarida turgan “Matbuot tarqatuvchi” AJ ustav kapitalidagi 26,0 foiz davlat aksiya paketi bo‘yicha birja savdolari aksiyalar paketi narxini 40 foizga pasaytirgan xolda davom ettiriladi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabariga ko‘ra, aksiyalarning umumiy soni 260 000 dona oddiy aksiyani tashkil etadi. Bir dona aksiyaning nominal qiymati 4000,0 so‘mdir.
Qayd etilishicha, bir dona aksiyaning savdoga qo‘yishdagi boshlang‘ich narxi 21 481,20 so‘m. Aksiyalar paketining umumiy boshlang‘ich narxi – 5 585 112 000,0 so‘m, savdo tashkilotchisi – “Toshkent RFB” AJ.
Bildirilishicha, talabgorlar birja qoidalariga muvofiq, "Toshkent" RFBning maxsus platformasi orqali davlat aksiya paketlarini sotib olish bo‘yicha o‘z buyurtmanomalarini taqdim etishlari mumkin.
Mavzuga oid
13:39 / 28.04.2025
Aksiyadorlik jamiyatlari xodimlari aksiyalarni sotib olishda imtiyozli huquqqa ega bo‘ldi
11:58 / 11.03.2025
Tesla aksiyalari qiymati bir kunda 15 foizga tushib ketdi
10:29 / 06.02.2025
Adliya vazirligi “Ziyo ulash” kitob ulashish aksiyasini kengaytirmoqda
14:00 / 21.10.2024