Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada aholini koronavirusga qarshi emlash boshlandi
Moskva hukumati va Gamaleya nomidagi milliy tadqiqot markazi poytaxt aholisini tadqiqotda qatnashishga taklif etmoqda - 40 ming kishi bepul emlanadi.
Koronavirusga qarshi vaksina ro‘yxatga olinganidan keyingi tadqiqotlar doirasida moskvaliklarni vaksinatsiya qilish boshlandi, deb ma'lum qildi Moskva meri o‘rinbosari Anastasiya Rakova.
"Bugun nafaqat shahar, balki butun mamlakat uchun muhim kun. Ro‘yxatga olishdan keyingi tadqiqotlar doirasida Moskvada ilk fuqarolarni COVID-19ga qarshi vaksinatsiya qilish boshlandi. Bugun tadqiqotning dastlabki qatnashchilari emlandi", - dedi Rakova.
Uning so‘zlariga ko‘ra, emlash ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda ko‘ngillilar vaksinaning birinchi qismi, 21 kundan keyin esa ikkinchi qismi bilan emlanadi. Qismlar tarkibidan joy olgan faol moddalar bilan bir-biridan farq qiladi –organizm immun himoya tizimini kuchaytirish uchun shunday qilingan.
Moskva hukumati va Gamaleya nomidagi milliy tadqiqot markazi poytaxt aholisini tadqiqotda qatnashishga taklif etmoqda - 40 ming kishi bepul emlanadi.
Rakovaning aytishicha, 35 mingdan ortiq moskvalik vaksinatsiya uchun ariza bergan.
Mavzuga oid
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
07:41 / 10.05.2025
Moskvada Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
19:49 / 08.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi
14:35 / 08.05.2025