Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ronaldu milliy jamoada 100tadan ko‘p gol urgan yevropalik ilk futbolchiga aylandi. U jahon rekordiga yaqinlashmoqda
UYeFA Millatlar ligasi 2-turi doirasida Portugaliya milliy jamoasi safarda Shvetsiya ustidan g‘alabaga erishdi (2:0).
O‘yinda portugaliyaliklar forvardi Krishtianu Ronalduning dubli mehmonlarga 3 ochkoni keltirdi.
Bu gollar «Yuventus» goleadori uchun milliy jamoa libosidagi 100 va 101-gollar sifatida qayd etildi. E'tiborlisi, Ronaldu ko‘hna qit'a milliy jamoalari orasida 100ta gol urgan ilk yevropalik futbolchiga aylandi.
Krishtianu milliy jamoalar safidagi gollari soni bo‘yicha jahon rekordini yangilashga yaqin kelmoqda. Bu boradagi rekord Eron milliy jamoasi afsonasi Ali Daiyga tegishli bo‘lib, u forslar tarkibida 109ta golga mualliflik qilgan. Shunday qilib, Ronalduning dunyo rekordini takrorlashi uchun mamlakati jamoasi safida 8ta gol qoldi.
Ma'lumot uchun, Ronaldudan keyingi Yevropadagi eng yaxshi natija Vengriya milliy jamoasi afsonasi Ferens Pushkashga tegishli edi – 84ta gol.
Bundan tashqari, Krishtianu Portugaliya safida 165-o‘yinini o‘tkazdi. Ronalduda Yevropa rekordini o‘rnatish uchun 11, jahon rekordini yangilash uchun 19 o‘yin qoldi.
Mavzuga oid
15:10 / 01.05.2025
Ronaldu va Messi bir kunda yarimfinal o‘yinlarida yutqazdi
14:09 / 24.03.2025
Ronaldu noyob ko‘rsatkichga erishdi
15:28 / 30.01.2025
Ronaldu: «O‘g‘limga Mbappe yoqadi, u «Dada, Kilian sizdan yaxshiroq» dedi. Men esa «Kim ko‘proq gol urgan?» deb so‘radim»
11:06 / 14.12.2024