Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Styuardessa sifatida ishga joylashtirishni va'da qilib, evaziga 1000 dollar olgan shaxsga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Mazkur fakt asosida Jinoyat kodeksining 168-moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Yunusobod tumani ichki ishlar organlariga 28 yoshli Muhabbat Yu. murojaat qildi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB.
U o‘z arizasida unga 2017 yilning iyun oyida tanishlari orqali aviakompaniyaga styuardessa ishiga joylashtirishni va'da qilgan Andijon viloyatilik, 26 yoshli Farhod A.ga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan.
Qayd etilishicha, o‘z xizmati evaziga 1000 AQSh dollari olgan Farhod va'dasida turmasdan, pullarni o‘z ehtiyojiga sarflab yuborgan.
Mazkur fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Mavzuga oid
08:42 / 26.05.2025
Yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi
08:37 / 26.05.2025
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
21:32 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
07:40 / 21.05.2025