Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT 176 mln kishiga qashshoqlik xavf solayotganini ma'lum qildi
Olive de Shutterning ta'kidlashicha, ko‘plab mamlakatlar pandemiya davrida fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qisqa muddatli choralar qabul qildi, ammo hozirda bu yetarli emas.
BMT vakili Olive de Shutterning qayd etishicha, dunyo bo‘yicha 176 million kishiga qashshoqlik xavf solmoqda.
Uning hisobotida ta'kidlanishicha, ko‘plab mamlakatlar pandemiya davrida fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qisqa muddatli choralar qabul qildi, ammo hozirda bu yetarli emas.
"Kuniga 3,2 dollarlik bazaviy qashshoqlik darajasidan foydalaniladigan bo‘lsa, yana 176 million kishi qashshoqlikka tushib qolishi mumkin", — dedi u.
Shutter davlatlarni qashshoqlik va tengsizlikka barham berish uchun yanada qat'iy choralar ko‘rishga chaqirdi. Uning fikricha, jiddiy inqirozdan qochib qutulish imkonsiz, uning oqibatlari esa insoniyatga jiddiy ta'sir ko‘rsatadi.
Qayd etilishicha, dunyo bo‘yicha ko‘plab oilalar o‘z zaxiralarini sarflab bo‘ldi va qiyin ahvolda qolgan.
Mavzuga oid
10:48 / 22.05.2025
BMT G‘arbiy sohilda diplomatlarga qarata o‘q uzilganini qoraladi
21:49 / 21.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
20:16 / 20.05.2025
“Global iqtisodiyot qaltis pallada” - BMT Tramp tufayli iqtisodiy o‘sish prognozini pasaytirdi
12:44 / 15.05.2025