Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MDHdagi yetti mamlakat havo hujumiga qarshi birlashgan mudofaa tizimining jangovar tayyorgarligini tekshiradi
Mashg‘ulotlarda Rossiya, Armaniston, Belarus, Tojikiston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston ishtirok etadi.
Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH)ga a'zo yetti mamlakat juma kuni boshlangan mashg‘ulotlar doirasida havo hujumiga qarshi birlashgan mudofaa tizimining jangovar tayyorgarligini tekshiradi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi xabar berdi.
Mashg‘ulotlarda Rossiya, Armaniston, Belarus, Tojikiston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston ishtirok etadi. Birlashgan muudofaa tizimi Moskvadagi boshqaruv markazidan boshqariladi.
Xabarda aytilishicha, havo hujumidan mudofaa kuchlarining chegarani buzib o‘tgan havo kemalariga, olib qochilgan samolyotlarga nisbatan amalga oshiradigan harakati hamda halokatga uchragan havo kemalari ekipajlariga yordam berish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.
Mashg‘ulotlarga yetti mamlakatdagi 130dan ortiq qo‘mondonlik punktlari va 60dan ortiq samolyot jalb etilgan. Mashg‘ulotlarda jumladan, Su-27ye MiG-29, MiG-31 va Yak-130 qiruvchi samolyotlari, Su-24 va Su-34 bombardimonchilari, Su-25 shturmchilari, Tu-22 va Tu-160 og‘ir bombardimonchi samolyotlari qatnashmoqda.
Mavzuga oid
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
15:00 / 20.05.2025
YeI davlatlari yangi mudofaa jamg‘armasi bo‘yicha kelishib oldi
14:34 / 20.05.2025
YeI va Britaniya mudofaa va savdo hamkorligini tiklaydi
18:33 / 19.05.2025