Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Og‘ritmaydi: Xitoyda burunga purkaladigan COVID-19 vaksinasi sinovlari boshlandi
Burunga purkaladigan vaksinaning ustun jihati shundaki, u ham tizimli, ham burun va tomoqda paydo bo‘lib, virusga qarshi darhol kurashadigan lokal immunitet hosil qiladi, deydi immunolog Frenses Lund.
Xitoyda burunga purkaladigan koronavirusga qarshi vaksinaning klinik sinovlari boshlanmoqda. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
9 sentabr kuni Xitoy klinik tadqiqotlar idorasi sinovlar o‘tkazilishini ma'qulladi. Vaksina Beijing Wantai Biological Pharmacy Enterprise farmatsevtika kompaniyasi bilan hamkorlikda Syamen va Hongkong universiteti olimlari tomonidan yaratilgan.
Bu Xitoyda odamlarda sinalayotgan koronavirusga qarshi o‘ninchi, ammo sprey ko‘rinishidagi birinchi vaksinadir, deb yozadi Bloomberg.
Burunga purkaladigan vaksinaning ustun jihati shundaki, u ham tizimli, ham burun va tomoqda paydo bo‘lib, virusga qarshi darhol kurashadigan lokal immunitet hosil qiladi, deydi Birmingemdagi Alabama universiteti immunologi va vaksinalar ishlab chiquvchi Frenses Lund.
Hozirda dunyo bo‘yicha ikkita vaksina – Gamaleya nomidagi milliy markaz ishlab chiqqan Rossiya vaksinasi va Xitoyning CanSino Biologics Inc kompaniyasi vaksinasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
Mavzuga oid
21:40 / 30.04.2025
Husnbuzarlarga qarshi birinchi vaksinaning klinik sinovlari boshlandi
16:00 / 04.02.2025
Ekologiya ta’siri: dunyoda chekmaydiganlar orasida o‘pka saratoni bilan kasallanish ko‘paydi
16:31 / 16.12.2024
Ukol o‘rniga krem: qoqsholga qarshi yangi turdagi vaksina yaratildi
16:51 / 25.11.2024