Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda mamlakatga kelgan yo‘lovchilarni koronavirusga tekshirish to‘xtatiladi
AQSh transport xavfsizligi boshqarmasi vakilining aytishicha, tekshiruvdan o‘tkazilgan 675 ming yo‘lovchidan atigi 15ga yaqinida (0,002 foiz) virus aniqlangan.
AQSh mamlakatga kelgan yo‘lovchilarni koronavirusga tekshirishni to‘xtatishni rejalashtirmoqda, deb yozadi ATOR Amerika OAVga tayanib.
Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, aeroportlarda yo‘lovchilarning salomatligini tekshirish samarasiz bo‘lib chiqqan.
Yanvardan boshlab yuqori xatar guruhidagi mamlakatlar (Xitoy, Buyuk Britaniya, Irlandiya, Braziliya, Eron va Shengen kelishuvi mamlakatlari) fuqarolari AQShning belgilangan 15 aeroportiga kelishlari mumkin edi. Ularning haroratlari o‘lchandi, "salomatlik deklaratsiyasi" so‘raldi va aloqa ma'lumotlari olindi.
AQSh transport xavfsizligi boshqarmasi vakilining aytishicha, tekshiruvdan o‘tkazilgan 675 ming yo‘lovchidan atigi 15ga yaqinida (0,002 foiz) virus aniqlangan. Shunday qilib, tizim samarasiz bo‘lib chiqdi: faqat pul va mutaxassislarning vaqti va mehnati sarflangani qoldi.
Yo‘lovchilarni kasallikka tekshirish 14 sentyabrdan to‘xtatiladi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025