Jahon | 07:30 / 13.09.2020
22095
2 daqiqa o‘qiladi

Marshal Do‘stum: «Urush bilan mojarolarni hal qilib bo‘lmaydi. Afg‘oniston tinchlikka muhtoj»

Afg‘onistondagi mojarolarni harbiy yo‘l bilan hal qilib bo‘lmaydi. Tinchlik o‘rnatish uchun ikkala tomon ham muzokaralarni davom ettirishi kerak, dedi Afg‘oniston marshali Abdul Rashid Do‘stum 11 sentabr kuni TOLOnews telekanaliga bergan intervyusida.  

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi holatda hech bir taraf Afg‘onistonda harbiy yo‘l bilan g‘alaba qozona olmaydi. Shuning uchun tomonlar tinchlikka erishish uchun muzokaralarni davom ettirishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, Afg‘oniston hukumati delegatsiyasi va «Tolibon» harakati vakillari ishtirokida Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish uchun o‘tkaziladigan muzokaralarning navbatdagi bosqichi 12 sentabr kuni Qatar poytaxti Dohada o‘tkazildi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston afg‘onlararo muzokaralarning keyingi bosqichlaridan birini Samarqandda o‘tkazishga tayyor.

Bu haqda 2020 yilning 9 sentabr kuni «O‘zbekiston-AQSh-Afg‘oniston» uch tomonlama hamkorlik mexanizmining Siyosat bo‘yicha quyi qo‘mitasi birinchi yig‘ilishida ma'lum qilingan.

Mavzuga oid