Fan-texnika | 21:43 / 14.09.2020
4339
1 daqiqa o‘qiladi

NVIDIA mobil protsessorlar ishlab chiqaruvchi kompaniyani 40 mlrd dollarga sotib oladi

Videokartalar ishlab chiqaruvchi NVIDIA kompaniyasi mobil qurilmalar uchun protsessorlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi ARM kompaniyasini sotib olishini e'lon qildi. Xarid qiymati 40 mlrd dollarni tashkil qiladi.    

Foto: Reuters

Xabarda ta'kidlanishicha, ARM’ning bosh ofisi Britaniyada qoladi. Kompaniya NVIDIA’ning bir qismiga aylansa-da, uning ishlash modeli o‘zgarmaydi. Xarid bo‘yicha bitim 1,5 yil ichida yopilishi kutilmoqda. NVIDIA ushbu xarid hisobiga sun'iy ongni o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlarini rivojlantirmoqchi. Kompaniya bu maqsadda maxsus markaz quradi.

ARM 1990 yilda tashkil etilgan britan kompaniyasi bo‘lib, u mobil qurilmalar uchun protsessorlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Kompaniya mahsulotlari Android va iOS operatsion tuzilmalarida ishlovchi planshetlar va smartfonlarda qo‘llanadi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid