Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqanddagi 38 ta maktabda bugundan o‘qish boshlanadi
Samarqand viloyatidagi 38 ta maktabda 14 sentyabrdan an'anaviy ta'lim tarzida o‘qish boshlanadi. Bu haqda viloyat xalq ta'limi boshqarmasi ma'lum qildi.
Boshqarma 14 sentyabrdan an'anaviy ta'lim boshlanadigan maktablar ro‘yxati e'lon qilindi. Quyidagi maktablarda bugun, 14 sentyabrdan o‘quvchilar maktabga borib ta'lim olishni boshlaydi:
- Kattaqo‘rg‘on shahrida 2, 3 va 5-sonli maktablar;
- Bulung‘urda 2-sonli maktab;
- Ishtixonda 7 va 26-sonli maktablar.
- Kattaqo‘rg‘on tumanida 2, 17, 20, 27, 36, 41, 50, 56 va 93-sonli maktablar;
- Narpayda 50 va 61-sonli maktablar;
- Oqdaryoda 20 va 12-sonli maktablar;
- Pastdarg‘omda 51-sonli maktab;
- Paxtachida 2 va 17-sonli maktablar;
- Samarqand tumanida 2, 4, 6, 10, 13, 14, 16, 21, 25, 33, 34, 36, 39, 43, 44 va 54-sonli maktablar.
Oldinroq Samarqand shahrida maktablar 21 sentyabrdan avval ochilmasligi ma'lum qilingandi. Shuningdek, o‘qituvchilarida koronavirus aniqlangani e'lon qilingan Jomboy, Urgut va Payariq tumanlarida ham maktablar hozircha ochilmaydi.
Mavzuga oid
14:57 / 09.05.2025
Samarqand shahridagi ko‘p qavatli uyda gaz portladi. 6 kishi halok bo‘lgan
12:20 / 05.05.2025
10 metrlik jarlik ichidagi changalzorga tushib ketgan ikki kishi qutqarildi
10:20 / 05.05.2025
Nurobodda qariyb 17 ming gektar maydonda zararli chigirtkalar tarqalgani aniqlandi
13:52 / 09.03.2025