Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentning ayrim hududlarida gaz ta'minotida vaqtincha uzilish kuzatiladi
"Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, 14 sentabr kuni soat 11:00dan 17:00ga qadar Mirobod tumani Amir Temur ko‘chasida joylashgan gaz quvurlarini ta'mirlash ishlari olib boriladi.
Shu munosabat bilan qator manzillarda istiqomat qiluvchi iste'molchilar gaz ta'minotida vaqtincha uzilish kuzatiladi.
Toshkent shahar hokimligi xabariga ko‘ra, ushbu manzillar quyidagicha:
- Turkiston ko‘chasi;
- Taras Shevchenko ko‘chasi;
- Laxuti ko‘chasi;
- Afrosiyob ko‘chasi;
- Nukus ko‘chasi;
- Amir Temur ko‘chasi;
- Avliyoota ko‘chasi.
"Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.
Mavzuga oid
11:02 / 23.05.2025
4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi
13:37 / 07.05.2025
Yevropa komissiyasi Rossiya gazidan voz kechish rejasini taqdim etdi
13:48 / 06.05.2025
Yevropa Ittifoqi 2027 yil oxirida Rossiyadan barcha gaz importini taqiqlamoqchi
22:08 / 02.05.2025