Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand viloyatida YTH: ikki kishi halok bo‘ldi, yana bir fuqaro shifoxonada
YTH bo‘yicha Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
2020 yilning 13 sentabr kuni soat 01:30da Samarqand viloyati Oqdaryo tumani A.Temur MFY hududidan o‘tuvchi “Samarqand-Buxoro” M-37 avtomobil yo‘lining 37-km.da yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.
Buxoro-Samarqand yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib ketayotgan, Oqdaryo tumanida yashovchi, 31 yoshli B.A.ning boshqaruvida bo‘lgan Lacetti rusumli avtomashina bilan uning old tomonida harakatlanib ketayotgan, Narpay tumanida yashovchi, 54 yoshli O‘.Sh.ning boshqaruvidagi “PAZ-742” rusumli avtomashinaning orqa tomonidan borib urilib, yo‘l-transport hodisasi sodir qilgan.

Natijada, Lacetti rusumli avtomashina yo‘lovchilari, 55 yoshli B.J. va 49 yoshli A.A. turli darajada tan jarohati olib hodisa joyida vafot etgan. Bundan tashqari, Lacetti rusumli avtomashina haydovchisi B.A. olgan tan jarohati bilan tuman shifoxonasiga yotqizilgan.

Mazkur yo‘l-transport hodisasi bo‘yicha viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
13:35 / 15.01.2025
Oqdaryo suv omborida yoriqlar paydo bo‘lgani rad etildi. Yolg‘on xabar tarqatgan ikki fuqaro jarimaga tortilgan
16:54 / 14.01.2025
Samarqanddagi Shirin shaharchasida yerusti metrosi quriladi
16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi
12:22 / 29.07.2024