Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston 1 oktyabrdan chegaralarini ochadi
2020 yil 1 oktyabrdan O‘zbekistonga aviatsiya, temir yo‘l va avtoyo‘l o‘tkazish punktlari orqali kirib-chiqishga taqiq bekor qilinadi. Bu haqda Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi axborotida ma'lum qilindi.
Qarorda karantin tadbirlarini bosqichma-bosqich yumshatish, xususan, xalqaro qatnovlarni tiklash orqali aholi hamda tadbirkorlik sub'yektlari uchun qulay shart-sharoit yaratish muhim ahamiyat kasb etayotgani qayd etilgan.
«Respublika aeroportlarida, temir yo‘l stansiyalarida va chegara punktlarida shaxslar va transport vositalarini harakatlanishi bo‘yicha bundan oldin kiritilgan cheklovlar yumshatilib, 2020 yil 1 oktyabrdan mavjud karantin va sanitariya-gigiyena talablariga qat'iy rioya etgan holda O‘zbekiston Respublikasiga aviatsiya, temir yo‘l va avtoyo‘l o‘tkazish punktlari orqali kirib-chiqishga ruxsat berildi», deyiladi Kun.uz’ga taqdim etilgan ma'lumotda.
Maxsus komissiyaning 2020 yil 31 avgustdagi qarori bilan tasdiqlangan Koronavirus pandemiyasi davrida muntazam xalqaro aviaqatnovlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida vaqtinchalik yo‘riqnoma talablari barcha turdagi xalqaro aviaqatnovlarga va xalqaro temir yo‘l qatnovlarini amalga oshirish holatlariga ham tegishliligi bo‘yicha tatbiq etilishi belgilangan.
Mavzuga oid
17:55 / 18.04.2025
Yevroittifoq Rossiya aviakompaniyalari uchun o‘z osmonini ochishdan bosh tortdi
13:35 / 21.01.2025
Karantin ostidagi mahsulotni eksport qiluvchilar uchun qulay sharoit yaratiladi
19:47 / 07.07.2023
O‘zbekiston Moskva va Sankt-Peterburgga parvozlar sonini ikki barobarga oshirishni taklif qildi
18:27 / 28.03.2023