Poroshenkoga qarshi qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari soni 58taga yetdi
2020 yil aprelda Ukraina bosh prokuraturasi Poroshenkoga nisbatan 2017 va 2019 yillarda oliy sudga sudyalarni tayinlash haqidagi farmonlar bo‘yicha birdaniga 4 ta modda bo‘yicha yangi jinoyat ishi qo‘zg‘atgan.
Ukrainaning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenkoning advokati Ilya Novikov Poroshenkoga qarshi 58ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma'lum qildi.
"Bizdan Poroshenkoga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari soni to‘g‘risida muntazam so‘rashadi. Hozirda unga nisbatan ochilgan jinoyat ishlari soni 58ta", - dedi Novikov jurnalistlar bilan muloqoti davomida.
Avvalroq Poroshenkoning yana bir advokati Igor Golovan Ukraina xavfsizlik xizmati mamlakat sobiq rahbariga qarshi 15ta jinoyat ishi qo‘zg‘atganini aytgandi.
Jinoyat ishlari xususan, "hududiy yaxlitlikka tajovuz qilish", "davlat hokimiyatini egallash", "davlatga xiyonat", "o‘zganing mulkini egallab olish", "terrorizmni moliyalashtirish" kabi moddalar bilan qo‘zg‘atilgan.
2019 yil oktyabrda davlat tergov byurosida Poroshenko 12ta jinoyat ish bo‘yicha guvoh sifatida qatnashayotgani ma'lum qilingandi. Dekabrda esa byuro Ukrainaning sobiq prezidentiga 2015 yilda Minsk kelishuvlarini imzolash vaqtida davlatga xiyonat qilganlik bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atgan.
2020 yil aprelda Ukraina bosh prokuraturasi Poroshenkoga nisbatan 2017 va 2019 yillarda oliy sudga sudyalarni tayinlash haqidagi farmonlar bo‘yicha birdaniga 4 ta modda bo‘yicha yangi jinoyat ishi qo‘zg‘atgan. 20 may kuni sobiq prezidentga nisbatan bir necha kishi Ukrainaning sobiq bosh prokurori Viktor Shokinni iste'foga jo‘natishni muhokama qilayotgan audioyozuvlar sababli davlatga xiyonat va vakolatlarini suiiste'mol qilish moddalari bo‘yicha yana bir ish ochilgan.
Mavzuga oid
10:07 / 09.05.2024
Poroshenko Germaniyani Ukrainadan kelgan erkaklarni moliyalashtirmaslikka chaqirdi
09:05 / 22.10.2022
Poroshenko: Kiyev Rossiyaning Eron dronlaridan foydalanganini isbotlay oladi
18:39 / 15.03.2022
Poroshenko milliarder maqomini yo‘qotdi
20:42 / 17.01.2022