Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Avto 60 oy» ishi bo‘yicha sud jarayonlari Farg‘ona viloyatida davom ettiriladi
«Avto 60 oy» ishi bo‘yicha sud jarayonlari hududlarda bo‘lib o‘tayotgani haqida xabar berilgan edi. Sud Andijon viloyatidagi 650 nafar jabrlanuvchilarni so‘roq qilib, viloyatdagi o‘z ishini yakunladi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudining xabar qilishicha, navbatdagi sud jarayonlari Farg‘ona viloyatida davom ettiriladi.
Unda jinoyat ishining Farg‘ona viloyatidan bo‘lgan jabrlanuvchilarning ko‘rsatmalari tinglanadi. Viloyatdagi jami 1918 nafar jabrlanuvchilar joriy yilning 21-26 sentyabr kunlari soat 09:30dan 16:30gacha jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyat sudi binosi (Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahri, Sohibqiron Temur ko‘chasi)ga kelishlari so‘ralmoqda.
Eslatib o‘tamiz, tergov hujjatlariga ko‘ra, «Avto 60 oy» MChJ ta'sischisi va boshqa mansabdorlari foizsiz, pulini 5 yil davomida bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan avtotransport olib berishni va'da qilib, odamlardan avtomobil turiga qarab 2 mln so‘mdan 10 mln so‘mgacha pul olgan, biroq zimmalaridagi majburiyatni to‘liq bajarmagan.
MChJga 18 818 nafar mijoz 57 milliard 412 million so‘m to‘lov qilgani aniqlangan.
Mavzuga oid
17:02 / 15.05.2025
“Baribir shu yerga quramiz”– Farg‘ona shahrida bolalar maydonchasi o‘rniga “dom” qurilyapti
13:36 / 03.05.2025
Farg‘ona va Urumchi o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilyapti
17:21 / 28.04.2025
“Chuqurlarga to‘la ko‘cha” – Farg‘ona shahri markazidagi abgor yo‘l qachon ta’mirlanadi?
12:15 / 28.04.2025