Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Madridda karantin qaytadan joriy etiladi
Cheklovlar joriy etilgan rayonlarda 855 mingga yaqin kishi yashaydi – bu Madrid regioni aholisining 17 foizini tashkil etadi.
Ispaniyaning Madrid avtonom hamjamiyati hukumati 21 sentyabrdan karantin cheklovlarini qisman tiklaydi. Bu haqda El Pais gazetasi xabar bermoqda. Qisman karantin kamida 14 kun amal qiladi.
Cheklovlar 36ta hududda joriy etiladi. Ularning 26tasi Madridning oltita rayonida, qolganlari esa shahar chetida joylashgan.
Karantin kiritilgan hududlarda aholiga zarur hollardan tashqari o‘z rayonlarini tark etish taqiqlanadi. Olti nafardan ortiq kishining guruh bo‘lib to‘planishi mumkin emas. Jamoat parklari yopiladi.
Cheklovlar joriy etilgan rayonlarda 855 mingga yaqin kishi yashaydi – bu Madrid regioni aholisining 17 foizini tashkil etadi.
17 sentabr kungi ma'lumotlarga ko‘ra, Madridda oxirgi ikki hafta ichida bir sutkada kasallik aniqlanish holatlari 100 ming kishiga o‘rtacha 659tani tashkil etgan. Bu butun Ispaniya bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan ikki baravar ko‘p. Shahardagi shifoxonalarning 21 foiziga COVID-19 bemorlari joylashtirilgan.
Ispaniyada bugunga qadar 640 040ta koronavirus yuqtirish holati va 30 495ta o‘lim qayd etilgan.
Avvalroq Isroil qaytadan umummilliy karantin joriy etgandi.
Mavzuga oid
13:42 / 02.05.2025
"Toshkent-Madrid" yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri havo qatnovlari yo‘lga qo‘yildi
14:00 / 21.10.2024
Madridda hukumatga qarshi ko‘p ming kishilik aksiya o‘tkazildi
22:19 / 09.09.2024
Madrid elektrosamokatlar ijarasini taqiqlab qo‘ydi
12:00 / 28.08.2024