Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shoshilinch tibbiy yordam bo‘yicha yagona axborot tizimi ishlab chiqiladi
Shoshilinch tibbiy yordam jarayonlarini real vaqt rejimida kuzatib borish, qo‘ng‘iroqlar va bemorlarga xizmat ko‘rsatish sifatini elektron qayd etish joriy etiladi.
O‘zbekistonda shoshilinch tibbiy yordam bo‘yicha yagona axborot tizimini ishlab chiqish rejalashtirilmoqda. Bu haqda 2020-2021 Iqtisodiyotda tarkibiy islohotlarni tiklash va davom ettirish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»da aytilgan.
Qayd etilishicha, bunda chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi. Unda shoshilinch tibbiy yordam jarayonlarini real vaqt rejimida kuzatib borish, qo‘ng‘iroqlar va bemorlarga xizmat ko‘rsatish sifatini elektron qayd etish nazarda tutiladi.
Bajarish muddati - 2020 yil oktabr, ijro uchun mas'ullar - Sog‘liqni saqlash vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi. Moliyalashtirish manbasi - Xalqaro rivojlanish uyushmasi krediti.
Mavzuga oid
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
22:04 / 17.11.2023
Qirg‘iziston hukumati Rossiyani migrantlarni tibbiy sug‘urta bilan ta’minlashga chaqirdi
18:36 / 17.10.2023
Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmi belgilandi
14:32 / 24.03.2023