Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dohadagi tinchlik muzokaralari: Oldinga siljish borligi aytilmoqda
"Tolibon" harakati va Afg‘oniston hukumati o‘rtasidagi tinchlik muzokaralari 12 sentabr kuni boshlangan.
Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Qatar poytaxtida to‘qqiz kundan buyon davom etayotgan muzokaralar ishtirokchilari oldinga siljish bo‘lgani haqida ma'lum qilishdi. Ammo bu qanday siljish ekanligiga aniqlik kiritilmadi, deb yozadi Ariana News.
Xususan, Kobul tomonidan Nodir Nodiriy har ikki tomondan muloqot guruhlari yakshanba kuni «muhokamalar maqsadida» uchrashishganini aytdi.
Kobul delegatsiyasining Twitter orqali ma'lum qilishicha, uchrashuv bir necha soat davom etgan va tinchlik muzokaralarining qoidalari hamda asosiy mavzulari muhokama qilingan.
«Tolibon» rasmiy vakili Muhammad Naimning so‘zlariga ko‘ra, «tomonlar murosaga kelgan holda muzokaralar tamoyillari ustida ishlagan».
Muzokaralar qatnashchilari hokimiyatni bo‘lishish va hukumatdagi portfellar, ayollar huquqlari, minglab toliblarning Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari ixtiyoriga o‘tishi va yangi davlat qurish borasidagi boshqa masalalar bo‘yicha turlicha qarashlarga ega. Dastlabki haftada muzokaralar doirasi va jadvali bo‘yicha ham bir to‘xtamga kelinmagan.
Eslatib o‘tamiz, "Tolibon" harakati va Afg‘oniston hukumati o‘rtasidagi tinchlik muzokaralari 12 sentabr kuni boshlandi.
Muzokaralar jarayonining ochilish marosimida milliy yarashuv bo‘yicha oliy kengash rahbari Abdulla Abdulla chiqish qildi.
"Tolibon"ga tinchlik muzokaralari to‘g‘risidagi taklifga rozilik bergani uchun minnatdorlik bildiraman. Bugungi kun urush yakunlangan kun sifatida yodda qoladi", - dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, "tomonlar Afg‘onistonga tinchlik olib kelishga qaror qilgan".
Mavzuga oid
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin
17:22 / 14.05.2025
Afg‘oniston O‘zbekistonga Hirot oq marmarini sovg‘a qildi
17:47 / 12.05.2025