Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Korrupsiyada ayblanib hibsga olingan Qozog‘istonning O‘zbekistondagi sobiq elchisiga sud hukmi o‘qildi
Nur-Sultonda Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligining sobiq kotibi Anarbek Karashev va Qozog‘istonning O‘zbekistondagi sobiq elchisi Yerik Utembayevga hukm chiqarildi, deb xabar berdi sud matbuot xizmati.
Karashev elchixona binosini qurish uchun ajratilgan, shuningdek QQS to‘lash uchun mo‘ljallangan mablag‘larni o‘zlashtirishda ayblangan. Unga tadbirkorlardan pora olish, pullarni legallashtirish aybi ham qo‘yildi.
O‘z navbatida, Utembayev Karashevga yordam berganlikda ayblandi. Shuningdek, sud majlisida Tashqi ishlar vazirligi Xo‘jalik boshqarmasining sobiq direktori Sakenova (tadbirkorlardan pora olish), boshqarmaning sobiq xodimlari Nurekenov (suiiste'mol qilish va pora olish), Jumasanova (pora olishga yordam berish), MChJ rahbari Kutdusov (pora berish) ayblanuvchilar kursisidan joy oldi.
Barcha sudlanuvchilarga sud tomonidan ayblov hukmi o‘qildi. Karashev va Utembayevga 2 yil ozodlikni cheklash jazosi belgilandi (moddaning sanksiyasi 7 yilgacha cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilishni nazarda tutadi).
Mavzuga oid
12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi
18:14 / 28.02.2025
Nukusdan Qozog‘istonga yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
21:03 / 27.02.2025
Qozog‘iston benzin va dizel yonilg‘isi eksportiga qo‘yilgan taqiqni uzaytiradi
17:32 / 25.02.2025