O‘zbekiston | 17:32 / 21.09.2020
17547
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Rossiyaning COVID-19’ga qarshi ikkinchi vaksinasi sinovlarida ishtirok etishdan manfaatdorligini bildirdi

«Rospotrebnadzor»da O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi bilan yangi koronavirus tarqalishiga qarshi kurash, shu jumladan COVID-19’ning oldini olish uchun vaksina ishlab chiqish masalalari bo‘yicha videokonferensiya o‘tkazildi.

Foto: Globallookpress.com

O‘zbekiston tomoni «Rospotrebnadzor» ekspertlari O‘zbekistonga yuborilgani va Rossiyaning COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashda ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorlik bildirdi, deya ta'kidlab o‘tgan Rossiya idorasi.

Uchrashuvda tomonlar Rossiya va O‘zbekistondagi mavjud epidemiologik vaziyat, o‘rnatilgan cheklovlarni bekor qilish shartlari, shuningdek, «Rospotrebnadzor»ning «Virusologiya va biotexnologiya «Vektor» davlat ilmiy markazi» tomonidan ishlab chiqilgan «EpiVakKorona» vaksinasini sinovdan o‘tkazish jarayonini muhokama qildi. Xususan, O‘zbekiston tomoni vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazgandan so‘ng uni ishlatish bo‘yicha qo‘shma tadqiqotlarda ishtirok etish istagini bildirdi.

Tomonlar o‘zaro aloqalarning dolzarb yo‘nalishlari, jumladan, yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.

Mavzuga oid